151
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari,
xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan
buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi.
yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu
tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek
bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim
plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi
ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek,
yelimlashning
mustahkamligi
yopishtirilgan
sirtlarga
yelim
eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga
ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng
ko’p ishlatiladi.