149
4-MODUL. TAYYORLANGAN BUYUM VA
MAHSULOTLARNI BEZASH, PARDOZLASH VA
DIZAYN BERISH TEXNOLOGIYASI
17-MAVZU.YOG‘OCH, METAL, PLASTIKMASSALARNI
PARDOZLASH, JILVIRLASH USULLARI. PARDOZLASHDA
ISHLATILADIGAN MATERIAL TURLARI VA TARKIBIY
QISMLARI
Tayanch so’zlar: pardozlash, parda qatlam, to’ldirgichlar,
dekorativlik, erituvchilar, suyultiruvchilar, bo’yovchi moddalar,
plastifikatorlar.
17.1. Lok va bo’yoq materiallarning turlari, ularni ishlatilishi va
ahamiyati
Uyning tashqi ko’rinishiga qarab uning egasining didi haqida
ma’lumotga ega bo’lish mumkin. Binoning fasadi esa har bir uyning
yuzi hisoblanadi. Fasadning mustahkam va chiroyli ko’rinishi uchun
unga alohida e’tibor qaratish kerak. Xususan, uyni muntazam bo’yab
turish lozim. Binolarning tashqi qismi va fasadlarni bo’yash uchun
mo’ljallangan bo’yoqlar bir qator qo’shimcha xususiyatlarga ega
bo’lishi kerak. Masalan, turli ob-havo sharoitiga chidamli va mexanik
ta’sirlarga bardoshli bo’lishi lozim.
Bo’yoqlarning xususiyatlari
Fasadni bo’yash uchun eng maqbul variantni tanlash uchun
bo’yoqlarning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak:
Biriktiruvchi modda. Bo’yoqning sifati aynan shunga bog’liq.
Tarkibida vinil, akril,silikon va silikat bo’lgan smolalar ayniqsa
ommabopdir. Sifatli bo’yoqlarda bu moddalarning protsent miqdori
yuqori bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi. Bo’yoqlarning
qurigandan keyingi yorqin ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Bu
masalada fasad uchun mo’ljallangan akril bo’yoqlari hamda
polikremniyli va akril-silikonli bo’yoqlar yetakchilik qiladi.