163
qо’shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotsellyuloza loklari (NS-243 va
b.), duradgorlik qurilish buyumlarini (eshik, deraza romlari va b.)
pardozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar (PF-115, MCH-
118 va b.) yaratildi.
Shu davrdan boshlab mebelning yaxlit detallari yuzasiga doplat
uchun chiroyli yogoch teksturaga ega bо’lgan qog’oz
smola
plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda «sintetik
shpon» deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplangan yuzalarsuyuq
lok-bо’yoqlar
bilan pardozlanadi. Keyingi vaqtlarda pardoz
materiallari ustida keng ish olib borilmoqda. Pardoz materiallar ichida
plyonkali
qoplama
materiallar
ulushi
anchagina
о’sdi.
Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab qilmaydigan dekorativ
plyonkalarni qо’llash keng rasm bо’la
boshladi. Masalan, alkorsell,
alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan), PDO-20, PDSO-12 (GOST
5.1984-73), PVX-ABS, VA
-15va boshqa plyonka materiallari.
Hozirgi kunda pardoz materiallar, ayniqsa suyuq lok-bо’yoqlar
sarfini
kamaytirish borasida katta ishlar qilinmoqda.
Chunonchi, yupqa
pardoz qatlam hosil qilish texnologiyasining yaratilishi muhim
ahamiyatga ega. Shu texnologiya asosida poliuretan loklari (UR-277,
UR-249, UR-212M va b.), kislota muhitida
qotuvchi loklar (ML-2111,
ML-2111M va b.), sensibilizatorli ultrabinafsha nur ta’sirida
qotadigan poliefir loklari (PE-2106, PE-2136 va b.) yaratildi va ishlab
chiqarishga joriy etilmoqda. Bunday loklar surkab quritilgan yog’och
yuzalar yana ishlov berishni talab qilmaydi.