160
Parda hosil qiluvchi moddalar deb, yuzalarga yupqa suyuq
qatlam tarzida surtilganda ma’lum sharoitda yog’och materiallariga
yaxshi yopishib yupqa va mustahkam parda hosil qiladigan
moddalarga aytiladi. Sintetik va tabiiy smolalar, sellyuloza efirlari va
qotadigan о’simlik moylari shunday moddalar jumlasiga kiradi.
Bо’yoqlar loklardan farqli о’laroq parda hosil qiluvchi moddalarning
organik erituvchilardagi eritmasi - suspenziyasi bо’lib, tarkibida
pigmentlar yoki pigmentlar bilan tо’ldirgichlarning aralashmasi
bо’ladi. Yuzaga surtilgan bо’yoqlar quriganida noshaffof bir jinsli
parda qatlami hosil qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalarning turiga
qarab bо’yoqlar moyli, emulsion va boshqa xil bо’yoqlarga bо’linadi.
Emallar pigmentlar (plastifikator va sikkativlar qо’shilgan) bilan
loklarning aralashmasidir, ya’ni emallar pigment qо’shilgan loklardir.
Gruntovkalar deb, pardozlashda parda qatlamining ostki qatlamini
hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Ularni surtish jarayoni
gruntovkalash (ya’ni, xomaki bо’yoq surtish) deyiladi. Gruntovkalar
yog’och ustki qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi hamda
mayda g’ovaklarni tо’ldirib, asosga hamda navbatdagi lok
qatlamlariga yaxshi yopishadi. Shpatlyovkalar deb, yog’och yuzasini
shaffofmas himoya qatlami hosil qilish uchun tekislashga
mо’ljallangan lok-bо’yoq materiallarga aytiladi. Ular mineral
tо’ldirgichlar hamda pigmentlarning plastifikatorlar qо’shilgan parda
hosil qiluvchilar bilan uchuvchan erituvchilardagi aralashmasidir.
Shunday qilib, parda hosil qiluvchi moddalar barcha lok-bо’yoq
materiallarning asosiy tarkibiy qismidir. Bulardan tashqari pardozlash
materiallari tarkibiga erituvchi yoki suyultiruvchilar, bо’yoq
moddalari, tо’ldirgichlar va ayrim hollarda parda hosil qiluvchi
moddalar qotishini tezlatadigan birikmalar kiradi. Bular haqida
keyinroq tо’xtalib о’tiladi.