4-rasm. Plastifikatorlar.
Polimer
tarkibiga
plastifikator
kiritilishi
bilan
ayrim
makromolekulalar konfiguratsiyasining o’zgarishi va ularning bir-
biriga nisbatan yangidan gruppalanishi osonlashadi. Shunday qilib,
plastifikatsiyanipg mohiyati sistema qovushoqligini pasay-tirish va
makromolekula konfiguratsiyasini o’zgartish yoki qayta gruppalanishi
uchun ketadigan energiyani kamaytirishdan iboratdir. Polyar polimer
va plastifikatorlar uchun plastifikatsiyaning mohiyati plastifikator
polyar molekulalarining polimer molekulalaridagi polyar gruppalar
bilan o’zaro «band» bo’lishi bilan tushuntiriladi. Bunda polimer
molekulalari orasida avval bo’lgan kuchli bog’lanish (tortishuv)
buziladi. Natijada polimer o’zining qattiqlik va mo’rtlik xususiyatini
yo’qotib, elastikligi oshgan va sovuqda chidamliligi kuchaygan
material ko’rinishiga o’tadi. Plastifikatorlarga qator talablar qo’yiladi.
Ulardan asosiysi plastifikatorning polimer bilan aralasha olishi yoki
unda erishidir. Polimerlar bilan yomon aralashadigan plastifikatorlar
unda juda yupqa emulsiya ko’rinishida tarqalishi mumkin. Ammo
ma’lum sharoitda bunday emulsiyaning juda mayda tomchilari bir-biri
bilan birlashib sirtga «terlab» chiqa boshlaydi. Plastifikatorlar
yorug’lik ta’siriga chidamli va mumkin qadar zararsiz bo’lishi kerak.
Ko’proq plastifikatorlardan DBF-dibutilftalat, TKF-trikrezilfosfat
kanakunjut moyi (TU 6-10-1238-77) ishlatiladi. Dibutilftalat С6Н4
(СOOС4Н2)
2
rangsiz moysimon suyuqlik, zichligi 1,0471,050,
qaynash temperaturasi 292-312°С. U polivinil xlorid, nitro
tsellyulozani yaxshi eritadi va plastifikatsiya qiladi. Kamchiligi-
uchuvchan. 150 soat ichida 100°С temiyeraturada uning 68,2%
bug’lanib ketadi. Plastifikator sifatida birgina dibutil shilgan pardalar
157
tezda eskiradi, shuning uchun nitroloklarda DBF kam uchuvchan
bo’lgan boshqa plastifikatorlar bilan birga ishlatiladi. Keyingi
vaqtlarda DBF borgan sari bir necha marta sekin uchadigan dioktil-
ftalat tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Parda qatlamlarning xossalari rang-barang bо’lib, ular
ishlatilayotgan
materialning
turi
va
xossasiga,
pardozlash
texnologiyasiga va himoya qatlami yuzasining sifat kо’rsatkichlariga
bog’liq. Pardoz qatlam tashqi kо’rinishi va himoya qilish
xususiyatlariga kо’ra har xil vazifalarni bajaruvchi bir yoki bir necha
qatlamdan iborat bо’lishi mumkin. Pardozlash uchun ishlatiladigan
materiallar turlari va ularni ishlatilish usuliga kо’ra himoya qatlamlari
lok-bо’yoq, plyonka va aralash qatlamlarga bо’linadi. Himoya lok-
bо’yoq qatlamlari suyuq lok-bо’yoqlarni yuzaga surtib, plyonka
himoya qatlamlari esa chiroyli teksturaga ega bо’lgan himoya
dekorativ plyonka materiallarni yog’och va yog’och materiallar
yuzasiga yelimlab yopishtirib hosil qilinadi. Aralash qatlamlarda esa
ham plyonka ko’rinishidagi material, ham suyuq lok-bо’yoq
ishlatiladi. Parda qatlamlar jilolanish darajasiga qarab yaltiroq, qisman
yaltiroq, xira bо’ladi. Yaltiroq parda qatlamlar hosil qilishda barcha
turdagi loklar, emallar va ayrim rulon kо’rinishidagi sintetik
plyonkalardan foydalaniladi. Tarkibida parda hosil qiluvchi moddasi
kam, pigment va tо’ldiruvchi moddalari kо’p bо’lgan emallar va
plyonkalar qisman yaltiroq parda qatlamlarni hosil qiladi. Kо’pchilik
bо’yoqlar, ayniqsa emulsion bо’yoqlar hamda ataylab xiralashtirilgan
lok va plyonkalar xira parda qatlam hosil qiladi. Parda qatlamlar
dekorativlik xossalariga kо’ra shaffof, shaffofmas bо’ladi. Shaffof
qatlamda yog’och teksturasi bezak pardasi ostidan kо’rinib turadi,
shaffofmasida esa kо’rinmaydi, parda ostida qolib ketadi.
Shaffofmas parda qatlamlar igna bargli va uncha qimmat
bо’lmagan
daraxtlardan, yog’och-qirindili va yog’och-tolali
plitalardan ishlangan buyumlarda hosil qilinadi. Chunki bunday
materiallarning tuzilishi va teksturasi uncha kо’rkam emas. Lekin
shaffofmas parda qatlamli buyumlar mexanik va atmosfera ta’sirlariga
chidamli hamda kimyoviy jihatdan turg’un bо’ladi. Yog’och buyumlar
yuzasiga lok-bо’yoqlar bir marta surtilganda buyum yuzasi tо’liq
bekilmaydi. Bundan tashqari, ayniqsa, igna bargli daraxt turlari lok-
bо’yoqning suyuqlik qismini о’ziga bir tekisda shimmaydi. Daraxt
yillik halqalarining dastlabki, bо’shroq qismi kechki zich joylashgan
158
qismiga qaraganda kо’p shimadi. Natijada surtilgan birinchi qatlam
quriganidan keyin bо’yalgan yuzada ola-bula dog’lar paydo bо’ladi.
Qurigan birinchi bо’yoq qatlami ustidan ikkinchi qatlam surtilganda
yog’ochga bо’yoq boshqa shimilmaydi, chunki buyum yuzasi birinchi
qatlam bilan tо’yingan bо’ladi. Lekin ikkinchi qatlam ham doim
buyum yuzasini bir tekisda tо’liq berkita olmaydi. Yuza rangi va
yaltiroqligi jihatidan farq qiladi. Shuning uchun lok-bо’yoq
materiallar bilan yuzani uch, tо’rt, ayrim hollarda undan ham kо’p
marta bо’yashga tо’g’ri keladi. Pardozlash uchun ketadigan material
sarfini va uning tannarxini kamaytirish maqsadida birinchi qatlam
uchun arzon va shu maqsadlar uchun mо’ljallangan suyuq gruntovka
aralashmalaridan foydalaniladi. Bu qatlam yog’och materialning
tabiiy kо’rinishi va rangini berkitib turadi. Lekin gruntlashdan keyin
yog’och yuzasidagi g’adir - budurliklar, yorilgan joylar, yog’och
kо’zlari va boshqa nuqsonli joylar saqlanib qolaveradi. Shu nuqsonli
joylarga shpatlyovka surtiladi. Shpatlyovka qatlami qurigandan keyin
yuzalar yoppasiga yana shpatlyovkalanadi. Bunda suyuqroq
shpatlyovka ishlatiladi. Shpatlyovka qatlami quriganidan keyin
kо’piktosh yoki jilvirqog’oz bilan ishqalab silliqlanadi. Shaffofmas
lok-bо’yoq qatlamning tuzilish sxemasi, a da kо’rsatilgan. PVX
plyonka va qog’oz smolali plyonkalarni yopishtirib yog’och
materiallarda xira parda qatlam hosil qilish mumkin. Bunday plyonka
materiallar yog’och yuzasiga yuzaning sifatiga qarab tо’g’ridan-tо’g’ri
yoki yuza oldin shpatlyovkalanib keyin yelimlab yopishtiriladi.
Yog’och yuzasidagi xira qoplamaning tuzilish sxemasi, b (yuza
shpatlyovkalangan), c (yuza shpatlyovkalanmagan) da kо’rsatilgan.
Shaffofmas aralash qatlam, d da aks ettirilgan. Chiroyli teksturali
daraxt turlaridan ishlangan va isitiladigan binolarda foydalaniladigan
buyumlar shaffof (tiniq) parda qatlamlar hosil qilib pardozlanadi.
Bunday qatlamlar yuzaga bir yoki bir necha marta shaffof lok surtib
hosil qilinadi. Lekin bunda pardoz berilgan buyum narxi qimmatlashib
ketadi. Amalda esa, lok sarfini kamaytirish, pardozlash ishlarini
arzonlashtirish uchun bо’yaladigan yuzalar oldindan gruntlanadi.
Gruntlashda grunt yog’och rangi va teksturasini bekitmasligi kerak.
Grunt о’rnida arzon loklardan foydalaniladi, ular yog’och yuzasiga,
odatda, bir marta surtiladi. Shaffof lok-bо’yoq parda qatlamning
tuzilish sxemasi, f da kо’rsatilgan.
159
Agar yog’ochning tabiiy rangini о’zgartirish lozim bо’lsa, uning
yuzasi gruntlashdan oldin yog’och teksturasini bekitmay faqat rangini
о’zgartiradigan maxsus eritmalar bilan ishlov beriladi. e da yog’och
yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan, j da esa yog’ochga plyonka
(sintetik shpon) yopishtirib, keyin lok langan himoya qatlamining
tuzilish sxemasi kо’rsatilgan. 1.41-rasmda kо’rsatilgan himoya
qatlamlarning tuzilish sxemalari о’zgarmas emas. Amalda esa
pardozlanadigan yog’och yuzalarining sifati, pardoz material xossalari
va himoya qatlamiga nisbatan qо’yiladigan talablarga qarab bu
sxemalardan istalgancha chetga chiqilishi mumkin. Yuqorida kо’rib
о’tilgan strukturalarni hosil qilishda har xil pardoz materiallar: lok va
bо’yoqlar,
gruntovkalar, shpatlyovkalar, yelim va sintetik
plyonkalardan foydalaniladi. Ular о’z navbatida dastlabki parda hosil
qiluvchi moddalarning kо’p yoki oz miqdordagi murakkab
kompozitsiyasidir. Bular ichida par da hosil qiluvchi moddalar asosiy
о’rinni egallaydi.
|