168
va usullarini tanlayotganda albatta e’tiborga olinadi. Yog’och sirtidagi
notekislik unga surkalgan lok-bo’yoq qatlam
qalinligini bir tekisda
chiqishiga imkon bermaydi.
7-
rasm. Yog’och materiallar yuzasini loklash jarayoni.
Yog’ochning o’ziga xos xususiyatidan yana biri uning
suyuqliklar uchun kapilliar singdiruvchanligidir, u turli yog’ochlarda
turlicha bo’ladi va bir yog’ochning o’zida tolalar yo’nalishi bo’yicha
ham keskin farq qiladi. Kapillar singdiruvchanlik yadrosiz yog’och
turlarida yuqori, yadroli turlarida esa juda past bo’ladi.
Tolalarga
ko’ndalang yo’nalishida singdiruvchanlik uzunasiga qaraganda bir
necha marta kam bo’ladi. Shuning uchun lok-bo’yoq materiallarni
tangensial va radial sirtlarga surkalganda ular yuza bo’ylab juda kam
shimiladi.
17.8. Lok-bo’yoq parda qatlamlarini quritish usulari va ish
rejimlari. Pardozlashda atrof-muxitni muxofaza qilish
Parda qatlam hosil bo’lishi bu yog’och yuzasidagi materialning
suyuq yoki qovushqoq -oquvchan holatdan qattiq holatga o’tish
jarayonidir. Bunda hosil bo’luvchi plyonka faqat qattiq bo’libgina
qolmasdan balki u yog’och bilan adgeziyada bo’ladi. Ko’pchilik lok-
bo’yoq materiallarda parda qatlam hosil bo’lishi ularda ro’y beradigan
fizik
jarayonlar oqibatidir, bunday jarayonlarga erituvchilarning
169
bug’lanishi,
lateks
tipli
bo’yoqlarning
suvsizlanishi
va
suyuqlanmalarning sovushi kiradi. Lok-bo’yoq materialning boshqa
turlarida masalan oligomer va ularning monomerdagi eritmalari, parda
qatlam polimerlanish yoki polikondensatsiyalanish
kabi kimyoviy
jarayonlar natijasida yoki fizik kimyoviy jarayonlar bir vaqtning
o’zida borishi bilan parda qatlam hosil bo’ladi.
Faqat uchuvchan erituvchilari bug’lanib ketishi va qurilganidan
so’ng yaltiroq parda hosil qiladigan lok-bo’yoq
materiallarga
termoplastik polimerlar, kimyoviy tuzilishi o’zgarmaydigan oligomer
va polimerlar, masalan, tabiiy smolalar,
polivinixlorid asosidagi
smolalar va nitroselluloza kiradi. Parda hosil qiluvchi moddalarni
suyuqlik holatidan qattiq shishasimon holatga o’tishi eritmalardan
erituvchining bug’lanib ketishi, hajmining
uzluksiz kichrayishi bilan
bog’liqdir va u bir qator bosqichlarni amalga oshiradi. Tarkibida
uchuvchan erituvchisi bo’lgan lok-bo’yoq parda qatlamlarining qurish
vaqtiga harorat katta ta’sir ko’rsatadi, chunki harorat ortishi bilan
bug’larning elastikligi oshadi va
erituvchi molekulalarining
bug’lanishi tezlashadi.