Tabiiy smolalar va ular asosida olingan pardozlash




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

19.3. Tabiiy smolalar va ular asosida olingan pardozlash 
materiallari 
Yog’ochni va yog’och materiallarini pardozlash deganda, ular 
yuzasida suyuq lok-bo’yoq plyonka va list materiallar yordamida 
himoya-dekorativ qoplamalar hosil qilish ishlari tushuniladi. 
Gruntovka, shpatlyovka, g’ovak to’ldirgichlar asosan oqsil 
moddalar (kazein) va tabiiy smola (kanifol)dan tayyorlanadi. 1950-
yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlariga kelib, sifat jihatdan 
anchagina yaxshilangan NS-218, NS-222 loklari, kislotali muhitda 
qotadigan karbamid-alkidli loklar (MCH-52, MCH-26 va b.) hamda 
paraffin tarkibli va parafinsiz poliefir loklar (PE-232, PE-246, PE-247, 
PE-250 va b.) ishlab chiqildi. 
1960-yillarning ikkinchi yarmi va 1970-yillarning boshlariga 
kelib 
lok-bo’yoq 
materiallar ishlash texnologiyasi yanada 
takomillashdi va ularning yangi turlari vujudga keldi. Masalan, 
ultrabinafsha nur ta’sirida parda qatlami ez qotadigan poliefir loklari 
uchun 
fotokimyoviy 
initsiatorlar 
(sensibilizaorlar-materialning 
yorug’likka sezgirligini oshiradigan moddalar) ishlab chiqildi va 
amalda tadbiq etildi. Qisqa muddat ichiqa tez qotadigan poliefir 


179 
loklarining yangi turi (PE-265), yuqori kuchlanishli elekr maydonida 
purkab sepiladigan poliefir loki (PE-251B), aerosol va shunga 
o’xshash moddalar qo’shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotselyuloza 
loklari (NS-243 va b.), duradgorlik-qurilish buyumlarini (eshik, deraza 
romlari va b.) padozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar 
(PF-115, MCH-118 va b.) yaratildi. 
Shu davrdan boshlab mebellarning yaxlit detallari yuzasiga 
qoplash uchun chiroyli yog’och teksturaga ega bo’lgan qog’oz-smola 
plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda “sintetik 
shpon” deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplanan yuzalar suyuq 
lok-bo’yoqlar bilan pardozlanadi. 
Buguni kunda pardoz materiallari ustida keng ish olib 
borilmoqda. Pardoz materiallari ichida plyonkali qoplama materiallar 
ulushi anchagina o’sdi. Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab 
qilmaydigan dekorativ plyonkalarni qo’llash keng tarqala boshladi. 
Masalan, alkorsell, alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan), PDO-20, 
PDSO-12 (GOST 5.1984-73), PVX-ABS va boshqa plyonka 
materiallari.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida 
olinadigan plastmassa qadimdan ma’lum. Sun’iy polimer - 
nitrosellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki 
plastmassa selluloid bo’lib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila 
boshlagan. 1906-1910-yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba 
sanoatida 1-reaktoplastlar - fenol-formaldegid smolalar asosida 
olinadigan materiallar ishlab chiqarishda yo’lga qo’yildi. 30-yillarda 
sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, 
poliamid, polistirollar ishlab chiqarishni tashkil etildi. Lekin 
plastmassa sanoati 2-jahon urushidan keyingina rivojlandi, 20-
asrning 50-yillarida ko’pchilik mamlakatlarda polietilen plastmassa 
ko’plab ishlab chiqarila boshladi. O’zbekistonda 10 ga yaqin korxona 
plastmassani qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, 
Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab 
chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda plastmassa 
pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, 
gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari 
ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik 
pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida 


180 
plastmassalar yetakchi o’rinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar 
tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy 
parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va ho.kazolar 
oshadi.
Plastmassalardan tishli g’ildiraklar, podshipniklar, roliklar, 
stanok yo’naltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqalar ishlab 
chiqariladi. Plastmassaning aviatsiyasozlikda keng qo’llanilishiga 
sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini o’zgartirish 
imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda 
ham Plastmassa muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan 
foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, 
raketa korpuslari, g’ildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning 
parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilg’i baklari 
tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va 
ha kazolar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. 

Download 4,62 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tabiiy smolalar va ular asosida olingan pardozlash

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish