• 19-MAVZU. PARDA XOSIL QILUVCHI MODDALAR VA ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH MATERIALLARI Tayanch so’zlar
  • Biriktiruvchi modda.
  • Bo’yoq sarflanishi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/189
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,62 Mb.
    #148361
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189
    Bog'liq
    13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

    Nazorat savollari: 
    1. Yog’och materiallarini kuydirib ishlov berish uskunalarining 
    tuzulishi. 
    2. Yog’ochni kuydirib ishlov berish jarayoni. 
    3. Kuydirib ishlov berishda foydalaniladigan yog’och turlari. 


    177 
    19-MAVZU. PARDA XOSIL QILUVCHI MODDALAR VA 
    ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH MATERIALLARI 
    Tayanch so’zlar: lok-bo’yoq, bo’yash, molekulyar tuzilish, 
    parda qatlam, tabiiy smola, pardozlash materiallari.
    19.1. Bo’yoqlarning xususiyatlari 
    Fasadni bo’yash uchun eng maqbul variantni tanlash uchun 
    bo’yoqlarning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak: 
    Biriktiruvchi modda. Bo’yoqning sifati aynan shunga bog’liq. 
    Tarkibida vinil, akril,silikon va silikat bo’lgan smolalar ayniqsa 
    ommabopdir. Sifatli bo’yoqlarda bu moddalarning protsent miqdori 
    yuqori bo’ladi. 
    Ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi. Bo’yoqlarning 
    qurigandan keyingi yorqin ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Bu 
    masalada fasad uchun mo’ljallangan akril bo’yoqlari hamda 
    polikremniyli va akril-silikonli bo’yoqlar yetakchilik qiladi. 
    Bo’yoq sarflanishi. Bu ko’rsatgich 100 dan 3000 g/m2. Ko’p 
    narsa bo’yalayotgan yuzaga bog’liq. 
    19.2. Bo’yoq turlari 
    Har bir bo’yoqning fasad uchun ishlatishga mos keladigan 
    taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril 
    bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi. Biroq 
    bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining 
    xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin. 
    Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi. 
    Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi. Akril-
    silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida 
    mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va 
    ishqalanishga chidamlidir. 
    Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega 
    ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga 
    yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan 
    himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga 
    zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni keyingi 
    bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir. 


    178 
    Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan 
    turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka 
    chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U 
    yaxshi sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi 
    ranglari taqdim qilingan. 
    Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, 
    xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan 
    buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. 
    yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu 
    tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek 
    bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim 
    plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi 
    ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, 
    yelimlashning 
    mustahkamligi 
    yopishtirilgan 
    sirtlarga 
    yelim 
    eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga 
    ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng 
    ko’p ishlatiladi. 

    Download 4,62 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189




    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish