181
lok-bo’yoq
materiallar
sarfini
kamaytiradi,
atrof
muhitni
ifloslantiruvchi uchuvchi moddalar ajralib chiqmaydi, mebel va
garniturlarni yig’ish ishlari osonlashadi.
Polivin xlorid plyonkaning
fizik-mexanik xossalari olingan plastifikator miqdori va uning turiga
bog’liq. Kompozitsiya tarkibida uning miqdori ortib borishi bilan
plyonkaning qattiqligi
va puxtalig kamayadi, ammo sovuqqa
bardoshligi, elastikligi va cho’zilish xususiyati ortadi. Bikir pyonkalar
yedirilishga chidamliligi,qatiqligi, bilan ajralib turadi. Mebel detallari
ustiga qoplash uchun bikir va qisman bikr plyonkalr ko’proq
ishlatiladi. Ammo bikir plyonkalarni ishlab chiqarish miqdori
cheklangan. Shuning uchun ayrim hollarda
yumshoq polivinilxlorid
plyonkalardan foydalniladi, lekin ulardagi plastifikator miqdori 20
foizdan oshmaydi. ПВХ plyonka qoplama material bo’lib u butun
massasi boyicha b’yalgan bo’ladi. Plyonalar yuzasi silliq, bosib naqsh
solingan, pardoz qavati bilan qoplangan, yaltiroq va yaltiramaydigan,
bir xil rangli yoki yog’och teksturasi tasviri bosilgan boladi.