183
20.4. Shimdirilgan smola to’liq qotgan o’ram materiallar
Shimilgan smola to’liq qotgan asosli o’ram plyonkalar, ayniqsa,
finish-effektli plyonkalar, pardozlash materiali sifatida taxta
materialiga qaraganda juda samaralidir. Bunda ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, mehnat
sarfini kamaytirish va ko’plab lok- bo’yoq materiallarini tejash
mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda
bunday materiallardan foydalanish hajmi borgan sari oshib bormoqda.
Sintetik smola shimdirilgan qog’oz asosli o’ram plyonkalar, asosan ,
xorijda ishlab chiqilmoqda. Plyonkalarning 60-80 foizini finish -
effektli plyonkalar tashkil etadi. Ularga Italyaning, “Multidekor”
firmasini, Germanyaning “Bafs” firmasi hamda “Bizental” xalq
korxonasi misol qilib ko’rsatish mumkin. Mamlakatimizda sintetik
smolalar
shimdirilgan qog’oz asosli o’ram ko’rinishidagi
plyonkalarning bir necha turi ishlab chiqarilmoqda. РП, РПЛ, РПТ,
РПЭ, РПТЭ, РПЛЭ, РПХР turlari.