182
ishlatladi va ularga orqa pardoz berish ishlarini talab qilinmaydi.
Qisman polikondensatsiyalangan smola asosli plyonkalar mebel
saoatida ishlatilmaydi. Mebel ishlab chiqarishda bunday plyonkalar
bilan qoplangan yog’och-qirindili taxtalar asosida olingan tayyor
mebel detallari- laminrangan taxtalar ko’p ishlatiladi. Yog’och
qirindili taxtalar bunday plyonkalar bilan faqat qizdirilgan presslar
yordamida va yuqori bosim ta’sirida qoplanadi. Plyonkadagi smola
yuqori harorat ta’sirida yumshab, oqib, sizib chiqadi, bunda uning bir
qismi taxtaga shimiladi va yelim va vazifasini o’taydi, qolgan qismi
plyonka sirtida qolib pardoz qatlam vaziasini bajaradi. Pressdagi
yuqori bosim taxta bilan plyonka orasida yaxshi kontakt bo’lishni
taminladi. Qizdirilgan press taxtalari ta’siri ostida shimilgan smola
polikondensatlanish reaksiyasi kechadi hamda smolaning to’liq
qotishi nihoyasiga yetadi. Natijada, plyonka ustida yuqori fizik-
mexanik va ekspluatatsion xossaga ega bo’lgan qattiq parda qatlam
hosil boladi. Hozirgi vaqtda plyonka oilsh uchun olimlar tomonidan
formaldegidli smolalarning bir necha markasi yaratilgan, masalan,
СПМФ-1, СПМФ-1A, СПМФ-4, СПМФ-7 va boshqalar.