166
bunday materiallardan foydalanish hajmi borgan sari oshib bormoqda.
Sintetik smola shimdirilgan qog’oz asosli o’ram plyonkalar, asosan ,
xorijda ishlab chiqilmoqda. Plyonkalarning 60-80 foizini finish -
effektli plyonkalar tashkil etadi. Ularga Italyaning, “Multidekor”
firmasini, Germanyaning “Bafs” firmasi hamda “Bizental” xalq
korxonasi misol qilib ko’rsatish mumkin. Mamlakatimizda sintetik
smolalar
shimdirilgan qog’oz asosli o’ram ko’rinishidagi
plyonkalarning bir necha turi ishlab chiqarilmoqda. РП, РПЛ, РПТ,
РПЭ, РПТЭ, РПЛЭ, РПХР turlari.
17.6. Lok-bo’yoq materiallar va parda qatlamlarning
klassifikasiyasi hamda belgilanishi
Lok-bo’yoq materiallar o’zining ikki asosiy belgisiga ko’ra
tasniflanadi.
1. Kimyoviy tarkibi (parda hosil qiluvchi moddaning turi)
2. Eng ko’p ishlatiladigan joyi
Parda qatlamlarning belgilanishi. Himoya dekorativ parda
qatlamlar besh qismga bo’lib belgilanadi.
1. O’zDSt 13-27-94 ga binoan parda qatlam qaysi guruhga
mansub ekanligini bildiradi.
2. Ikkinchi guruh va parda qatlam toifasini ko’rsatadi. Guruh
bosh harflar bilan, toifa esa arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
3. Uchunchi qism lok-bo’yoq parda qatlanmining ko’rinishi
shaffof yoki shaffof emasligini bildiradi va bosh harflar bilan
belgilanadi.
4. To’rtinchi qism parda qatlamining yaltiroq yoki xira bo’lishini
mko’rsatadi va bosh harflar bilan belgilanadi.
5. Beshinchi qism parda qatlamning himoyaviy xossalarini
belgilaydi va raqamlar bilan ifodalanadi.