171
Suyultirgichlarning fizik-kimyoviy xossalaridan biri ularning tez va
oson uchuvchanligidir. Shuningdek ular o’z-o’zidan malum sharoitda
alangalanib, yonib ketishi mumkin.
Eritkichlar sifatida uchuvchan moddalardan foydalanganda ish
joyida ularning bug’lari to’planib, xavfli vaziyat vujudga keladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida
ish joylaridan eritkich, lok-
bo’yoqlarning bug’lari, ayrim hollarda esa lok-bo’yoqlarning
zarrachalari ventelatsiya sistemasi orqali atmosferaga chiqarilib
yuboriladi. Bino ichidan tashqariga chiqarib yuboriladigan havoning
hajmi ko’p shuning uchun atmosferaga qo’shilib
ketadigan zaharli
moddalarning umumiy miqdori ham anchagina bo’ladi. Vaholanki
chiqarib yuboriladigan iflos havo tarkibida zaharli moddalarning
konsentratsiyasi unchalik yuqori emas.
Agar tashqariga chiqarib
yuboriladigan havo oqimi zaharli moddalardan yomon tozalangan
bo’lsa, korxona va unga yaqin turar joylar atrofidagi havo kuchli
ifloslanadi.