154
qatlamdan chiqib (bug’lanib) ketadi. Lok-bo’yoq materiallar
tarkiblarida erituvchilar miqdori 80% gacha bo’lishi mumkin. Lok-
bo’yoq material tarkibidan qancha ko’p eritgich molekulalari burlapib
ketsa, bu tarkiblar shunchalik foydasiz bo’ladi, atmosferaga shuncha
ko’p zaharli moddalar ajralib chiqadi. Tarkibida kimyoviy aktiv
erituvchilari bo’lgan lok-bo’yoq materiallar eng tejamli va eng
zararsiz hisoblanadi, masalan stirol tarkibli poliefir loklari atigi 3-4%
erituvchi - stirolni yo’qotadi, xolos. Erituvchilarga qator talablar
qo’yiladi: ular lok-bo’yoq materialdagi parda hosil qiluvchi moddani
yaxshi eritish, lok-bo’yoq parda qatlamidan tez uchib ketish
xususiyatiga ega bo’lishi, yong’in chiqishi jihatidan xavfliligi va
zaharligi juda past, himoya qatlamida hid bo’lmasligi, uncha qimmat
va kamyob bo’lmasligi lozim. Organik erituvchilar yengil, o’rtacha va
qiyin uchuvchan bo’ladi. Yengil uchadigan erituvchilarning qaynash
temperaturasi 60-80°C, o’rtacha uchadiganiniki 80-110°C, qiyin
uchadiganiniki esa-110°C dan ortiq bo’ladi. Pardozlash muddatini
qisqartirish uchun lak-bo’yoq tarkibidagi erituvchi miqdori tez
bug’lanib ketsa ham yaxshi emas, bunda parda qatlamda oq dog’lar
(nuqtalar) paydo bo’ladi. Shu sababli tez bug’lanadigan erituvchilarga
sekin bug’lanadigan erituvchilar qo’shib aralashtiriladi. Erituvchilar
a’zosining asosiy vazifasidan tashqari pardozlash mashina
uskunalarini yuvib tozalash uchun ham ishlatiladi Erituvchilar.
Amilatsetat 115-150°C da qaynaydigan, nok essensiyasi hidi
keladigan rangsiz, tiniq suyuqlik. Chaqnash temperaturasi 25°C;
zichligi 0, 860-0,888 g/sm3. Unda nitrotsellyuloza yaxshi eriydi. Shu
sababli u nitroloklar uchun muhim erituvchi bo’lib hisoblanadi.