152
pigmentlar metallarning, kislotalarning va ishqorlarning turli
tuzlaridan kimyoviy usulda ishlov berib olinadi.
Bo’yoq va emallar hosil qilgan parda qatlamlarning xossalari
ko’p jihatdan pigmentlar xossasiga bog’liq pigmentlarning dispersligi,
moy sig’imi yuzani berkituvchanligi, bo’yash xususiyati, yorug’likka
chidamliligi ularning muhim xususiyati hisoblanadi. Dispersligi
deganda pigmentlarning maydalanish darajasi tushuniladi. Juda
maydalangan pigmentlar buyum yuzasini yaxshi qoplaydi va
rangining ravshanligini oshiradi. Pigment zarrachalarining o’lchami
qancha kichik bo’lsa, uning dispersligi shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori
dispersli pigmentlar saqlash davrida kam cho’kmaga tushadi va yuzani
yaxshi berkituvchan bo’ladi. Pigmentlarning dispersligi bo’yoq qatlam
yuzasining silliq chiqishida muhim rol o’ynaydi. Dag’al dispersli
pigmentlar notekis (g’adir-budur) parda qatlam hosil qiladi.
Pigmentning moy sig’imi deganda 100 g pigmentdan bo’yoq
tayyorlash uchun talab qilinadigan moy miqdori (gramm hisobida)
tushuniladi. Pigmentlarning dispersligi oshib borishi bilan moy sig’imi
ham ortadi.