146
moylovchi va bo’yovchi moddalar ham bo’ladi. Ba’zan bog’lovchilar
sifatida polimerlar o’rniga bitum, asfalt, sementlardan ham
foydalaniladi.
To’ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va
texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi.
Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga
ko’ra 40-80% gacha to’ldirgichlar sifatida yog’och uni, paxta, qog’oz,
asbest, to’qima va shisha tolalari, bo’r, gips, grafit, kaolin, talk
kukunlari va boshqa materiallar qo’shiladi. Plastik massalarning
plastikligi,
elastikligi
va
oquvchanligini
oshirish
maqsadida
plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-
kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik
massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg’unligini
oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar
ma’lum nisbatda qo’shiladi.
Nazorat savollari:
1. Yog’och materiallariga bo’lgan talablar.
2. Plastmassa materiallariga bo’lgan talablar.
3. Metall materiallariga bo’lgan talablar.
4. Yog’och, plastmassa va metall birikmalar.
16-MAVZU. METAL BUYUM ZAGOTOVKALARINI YIG‘ISH