144
plastmassalar bosim va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib,
sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaytolmas
edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar
ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo’lib plastmassa - selluloidni
1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo’yicha termoplast va
reaktoplast turlariga bo’linadi. Termoplast plastmassalarning
(masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari
bo’ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o’zgartiradi.
Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin.
Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast
va ftoroplastlarning)
molekulalari to’rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab
bo’lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo’yicha boshqa
materiallardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko’p
qo’laniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning
20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli
atrof-imihitni ifloslaydi, o’simliklartomirlarini oziqlanishiga to’sqinlik
qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor.
Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O’zitalplast»
turli xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar
olinishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: polimerizatsion hamda
polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan
plastmassalar.