-rasm. Plastmassadan tayyorlangan bir marta ishlatishga




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

6-rasm. Plastmassadan tayyorlangan bir marta ishlatishga
mo’ljallangan buyumlar. 
Plastik materiallar yoki plastmassalar - sintetik yoki tabiiy 
yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular 


145 
isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan 
keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega. Plastmassalar, 
plastik massalar, plastiklar - tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali 
birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim taʼsirida 
qoliplanadi 
va 
qoliplangan 
shaklini 
mustahkam 
saqlaydi. 
Plastmassalardan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq 
sovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi 
muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik 
mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash 
mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi. Plastmassalar 
polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga 
boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali 
birikmalar yoki polimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va 
boshqalar) bor.
Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan plastmassalar tarkibida 
plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori 
temperaturada 
plastmassalarning 
plastikliligini 
oshiradi 
va 
qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. 
Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60-100° dan yuqori temperaturada 
mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga 
chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, 
ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan 
reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60-100° 
temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) 
asbob qismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va 
radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) 
tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar 
kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, 
vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik 
shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi.

Download 4,62 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Plastmassadan tayyorlangan bir marta ishlatishga

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish