134
biriktiruvchi materiallardan foydalaniladi. Duradgorlik birikmalari
hosil qilishda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi. Buyumning
qanday materialdan tayyorlanishiga
va qanday maqsadlarda
ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o’zaro oddiy
yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda
qo’llaniladigan bog’lash usullari: dasta bet bog’lash, prizmatik yoki
to’g’ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko’p tirnoqli),
porsi usulida
bog’lash, zakrovli birikmalar, chokli birikmalar, “qaldirg’och quyruq”
tirnoqli birikmalar, maxfiy va yarim maxfiy tirnoqli birikmalar va
boshqalardan iborat.
Dasta bet bog’lash yoki kertmak usuli. Dasta bet bog’lash
duradgorlik birikmalari hosil qilishning eng oddiy va oson usuli. Bu
usul binokorlik ishlarida, parnik xo’jaligida yog’och qismlarni o’zaro
biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar va boshqalar
tayyorlashda qo’llaniladi. Birikmaning o’lchamiga
qarab detallar bir-
biriga mixlash yo’li bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida
qotiriladi. Dasta bet bog’lashda detallar “G” simon, “T” simon
shaklda to’g’ri va “qaldirg’och quyruq” li qilib biriktirilishi mumkin
(1- rasm).
1-
rasm. Tirnoqli birikma turlari. a) “G”simon, b) “T”simon,
v) “Qaldirg’och quyruq” va g) “Taroq”simon birikmalar.
6. Birikmaga mos yog’och tanlanadi, randalashda undan payraxa
chiqishini hisobga olib ma’lum qo’yim bilan material arralab olinadi.
7. Tayyorlangan materialni randalab
ixtiyoriy l uzunlikda eni a,
qalinligi h bo’lgan ikkita brusok tayyorlanadi.
135
8. Kertmaklarni rejalash uchun brusoklarning uchlarini go’niya
asosida arralab to’g’ri burchakli qirqimlar hosil qilinadn, so’ngra
rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchidan o’lchamda “bet”
larga kertmak uzunligi rejalanadi va go’niya yordamida qolgan
tomonlarga olib o’tiladi. So’ngra xatkash yordamida kertmak qalinligi
rejalanadi. Buning uchun xatkashni h/2 o’lchamga sozlab “bet” larga
nisbatan brusoklarning yon chetlari (qirralari) va ko’ndalang
qirqimlariga
a uzunlikda reja chiziladi.
9. Dasta bet bog’lashda brusoklarni ustma-ust qo’yib biriktiriladi.
Shuning uchun brusoklarda hosil qilinadigan
kertmaklarning biri
«bet» tomondan, ikkinchisida orqa tomondan ochiladi. Buning uchun
kertmaklarda reja chiziqlarining yarmini saqlagan holda oldin tilinadi,
so’ngra ko’ndalangiga arralab qirqiladi (kertiladi).
10.Hosil bo’lgan kertmaklarni ustma-ust qo’yib mix yoki
burama mix yordamida biriktiriladi. Har qanday birikma hosil
qilinganda detallarning «bet» larini
birikmaning bir tomonida
bo’lishiga e’tibor berish kerak.
Birikmaning jipsligi, sifati talabga javob beradigan darajaga
yetgunga qadar mashq qilish davom ettiriladi.