Tebranish
podshipnikli
yig’ma
birikmalarni
ta`mirlash. Tebranish
podshipniklar
ajratgich
(s`yomnik)lar
yordamida ajratiladi va benzin bilan yuviladi. Nuqsonli podshipniklar
yangisiga almashtiriladi. eskilarini to`plab qayta tiklash uchun
yuboriladi. Aniq vallarda radial va bo`ylama tirqish qiymati 25%
gacha, qolganlarida esa uch-to`rt martagacha ruxsat etiladi.
Vaqtida moylanmagan va qizib ketgan podshipnik halqa va
tebranish jismlari sirtida kamalak ranglariga xos izlar hosil bo`ladi.
Metall charchashi natijasida ishchi yuzalarda yoriq, tirnalishlar hosil
bo`ladi. Namlik, yuvish eritmalari va mahsulot qoldiqlari ta`sirida
ishchi yuzalar zanglab qoladi. Bunday sirtlar tozalanadi, agar sirtlarda
yoriqlar bo`lsa, yangisiga almashtiriladi.
Yangi podshipnik o`rnatishdan oldin 6-8 % mineral moy
qo`shilgan benzin yoki 60-90
0
C qizdirilgan 12 va 20 markali indstrial
moy bilan yuviladi. Yuvilgan podshipniklar qog’ozda quritiladi.
Bunda chang, metall zarralari tushishdan ehtiyot bo`lish lozim.
So`ngra qo`l bilan aylantirilib, uning sozligi tekshiriladi. Podshipnikni
valga o`rnatishda qo`l pressi yoki montaj trubasiga bolg’a bilan
urishdan foydalaniladi. O`rnatishda bevosita bolg’a bilan halqa ustiga
zarb berish, tebranish jismlarini va halqani zo`riqtirishga yo`l
qo`ymaslik lozim. Podshipnikni o`rnatishda ularni issiq 70-80
0
C
moyda isitgan ma`qul.
127
14.2. Val va o`qlarni ta`mirlash
Val va o`qlar o`ta yuqori yuklanish, tiqilib qolish, ishqalanish,
moylash sifati pastligi yoki umuman moylanmasligi, hamda
ishqalanish yuzasiga begona jismlarning tushib qolishi natijasida
yeyiladi. Yeyilish va nuqsonlarning xarakterli turlari quyidagilar: val
egilishi, bo`yinchasining yeyilishi, rezba va moylash teshiklarining
ishdan chiqishi, darz ketishlar, shponka ariqchasining yeyilishi,
buralish deformatsiyasiga uchrashi va b.
Zarbali yuklamada ishlayotgan val diametrining 5 % gacha,
zarbasiz yuklamada ishlayotgan val o’lchamining 10 % gacha yelilsa,
yoki val buralish deformatsiyasiga uchrasa, unda val ta’mirga yaroqsiz
hisoblanadi. Ta`mir markaziy teshiklarni parma bilan tiklashdan
boshlanadi. Ozroq ovallikni, timdalanishni ishqalash yordamida
yo`qotiladi. Agar val bo`yinchasining oldingi o`lchamiga keltirish
kerak bo`lsa, unda avvaliga tokarlik dastgohida mexanik ishlov berish
yo`li bilan tekislanadi, shundan keyin epoksid elim yoki presslash
bilan vtulkalar o`rnatiladi va yana mexanik ishlov beriladi. Shu
maqsadda yana metallizatsiya, metallni eritib quyish, xromlash va
boshqa usullarni qo`llash mumkin. Shponka ariqchasi yeyilsa bu
ariqchaga metall eritib quyiladi va yuzasi tokarlik dastgohida mexanik
ishlov beriladi, undan keyin frezerlik dastgohida ariqcha turgan
yuzaning qarama-qarshi yuzasida yangi shponka ariqchasi ochiladi.
Bu usullar valda egrilik bo`lmagan holda qo`llaniladi, aks holda,
dastlab egrilik to`g`rilanadi. To`g`rilash sovuq yoki issiq holatda
tokarlik dastgohida ko`targich va boshqa uskunalar yordamida yoki
pressda bajariladi
Transport vositalarning texnik holatini o`zgarishi uning tarmoq
va mexanizmlarini ishlash sharoiti, tashqi muhit ta`siri va
avtomobillarni saqlashga hamda tasodifiy omillarga bog`liq. Tasodifiy
omillarga avtomobil detallarini yashirin nuqsonlari konstruktsiyani
toliqishi
va
boshqalar
taalluqlidir.
Ekspluatatsiya
sharoitida
avtomobillarni texnik holatini o`zgarishiga asosiy sabablardan
yеyilish, plastik deformatsiya, charchashdan shikastlanish, korroziya
(zanglash) hamda detal materialini fizik-kimyoviy o`zgarishidir
(eskirishi).
|