• 1-rasm. Materiallarning tasniflanishi.
  • -MAVZU. KERAMIKA VA ELEKTROTEXNIK




    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/189
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,62 Mb.
    #148361
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189
    Bog'liq
    13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

    12-MAVZU. KERAMIKA VA ELEKTROTEXNIK 
    MATERIALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI. 
    Tayanch so’zlar: keramik material, zamonaviy ishlab chiqarish, 
    mustahkamlik, puxtalik, elektr montaj, elektr o’tkazgich.
    12.1. Keramik materiallarning turlari va ularga mexanik va 
    harorat xossalarini bilgan xolda, yani qattiqligi, mustaxkamligi va 
    yuqori haroratlarga chidamliligini inobatga olib ishlov berish 
    jarayonlari 
    Kristall moddalar muayyan suyuqlanish va qotish haroratlariga
    ularning atomlari muayyan geometrik shakllarga egadir. Ularning 
    xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi, bu xususiyat 
    anizotropiya deb ataladi. Kristall moddalarning mexanik puxtaligi
    issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi, suyuqlanish tezligi, harorati 
    ularning atom tuzilishiga bog‘liq va uning xossalariga ta’sir etadi. 
    1-rasm. Materiallarning tasniflanishi. 
    Eritma quyi haroratda asta-sekin bug‘latilsa, yirik kristallar
    yuqori haroratda bug‘latilib, tez sovitilsa, mayda kristallar hosil 
    bo‘ladi. Mayda donli po‘latlar qattiq, lekin yirik donli po‘latlarga 
    nisbatan yumshoq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik bir kristall atrofida 
    muntazam ravishda o‘suvchi yirik kristall olish mumkin. Bu jarayon 


    118 
    kristallning o‘sishi deb aytiladi. Barcha metall va qotishmalar kristall 
    tuzilishga ega. Kristall donlari aniq geometrik shaklga ega emas. 
    Tashqi tomonidan kristall ko‘p qirraliga o‘xshaydi va ular kristall 
    donlari yoki granulalari deb ataladi. Metall va qotishmalardan 
    tayyorlangan detallarning ishlatilishiga qarab ularga turlicha talablar 
    qo‘yiladi. Metallar quyidagi xossalarga ega: 
    1) fizik xossalar; 
    2) kimyoviy xossalar
    3) mexanik xossalar; 
    4) texnologik xossalar. 
    Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, solishtirma 
    og‘irligi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xususiyati, issiqlik 
    o‘tkazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig‘imi kiradi. 
    Metallarning 
    kimyoviy 
    xossalariga 
    ularning 
    oksidlanishi, 
    eruvchanligi, korroziyaga chidamliligi kiradi. 
    Metallarning mexanik xossalari bu ularning mustahkamligi, 
    qattiqligi, egiluvchanligi kabi xossalaridir. Metallarning texnologik 
    xossalari 
    – 
    quyiluvchanlik, 
    kesiluvchanlik, 
    payvandlanish, 
    bolg‘alanuvchanligi, toblanuvchanligi, oquvchanligi va boshqalar.

    Download 4,62 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189




    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish