113
1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg’alash,
shtamplash yoki
prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish;
2) mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun
metall kesish dastgohlarida ishlov berish;
3) yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash
va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish.
Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning
barcha operatsiyalarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat
o’tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob
bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik
jarayoni kam material va mehnat resurslarini
sarflagan holda talab
etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan
bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida
loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy,
standart, vaqtli, taraqqiy
xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, operatsiya uchun
va marshrutli-operatsiyali bo’lishi mumkin.