52
Ruslar tomonidan Nemislar kodlar kitobini zarar etgan versiyasi tiklanadi va
Britaniyaga yuboriladi. Murakkab tahlildan so‗ng, Britaniyaliklar Zimmerman
telegrami yozilgan vaqtidagi kodlar kitobidagi bo‗shliqlarni to‗ldirishadi va uni
deshifrlashadi. Telegramda aytilishicha, Germaniya hukumati cheklanmagan
suvosti urushi boshlanishini rejalashtirmoqda va bu AQSH bilan urushga olib
kelishi mumkin degan xulosaga kelinadi. Natijada, Zimmerman o‗z elchisiga
Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo‗lishga undashi
kerakligini aytadi. Xususan, Meksika Texas, Yagni Meksika va Arizona
shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma
oshkor bo‗lgandan so‗ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turdi va shundan
so‗ng AQSH urushga kiradi.