• 2.7-rasm. WinRar arxivlash dasturi oynasi.
  • O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/107
    Sana13.05.2024
    Hajmi3 Mb.
    #229692
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    WinRar arxivlash dasturi 
    WinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi arxiv fayllari hosil qiladi. 
    RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo‘lib, ular 
    birinchidan zichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko‘p tomli va 
    uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni 
    xam arxivlash imkonini beradi. 
    Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo‘laklarga bo‘linishiga aytiladi. 
    Odatda tomlar katta xajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun 
    qo‘llaniladi. Bu xolda birinchi tom odatdagidek .rar kengaytmali bo‘ladi, 
    qolganlari esa mos ravishda .r00, .r01, .r02 va xokazo. Tomlar xam uzuluksiz va 
    xam o‘zini-o‘zi ochadigan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Yaratilgan tomlarni 
    o‘zgartirish, Ya‘ni unga biror faylni qo‘shish, yangilash yoki undan biror faylni 
    o‘chirish mumkin emas. 
    2.7-rasm. WinRar arxivlash dasturi oynasi. 


    57 
    Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida, 
    maxsus usulda bitta ma‘lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga 
    aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Ammo 
    bunday arxivlashning kamchiliklari xam bor, masalan: 
    ularni yangilash, yahni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish, oddiy 
    arxivlashdan ko‘ra sekinroq amalga oshiriladi; 
    biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib 
    chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo‘lsa, u xolda arxivdan umuman 
    chiqarib bo‘lmaydi; 
    Bunday arxivlash usulidan quyidagi xollarda foydalangan maqsadga muvofiq: 
    arxivni kamdan-kam yangilansa; 
    • arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati 
    bo‘lmasa; 
    zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo‘lsa. 
    Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda xam, kompyuterda WinRar 
    arxivatori bo‘lmasa xam o‘zini-o‘zi ocha oladigan SFX ko‘rinishidagi .exe 
    kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu xolda barcha fayllar arxivdan 
    chiqadi. 
    Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parolg‘ bilan himoyalab qo‘yish, fizik 
    buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko‘pgina amallarni bajarish imkonini 
    yaratib beradi. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari

    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish