56
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi
ma‘lumotlar saqlanadi:
fayl nomi;
fayl saqlanuvchi katalog haqida ma‘lumot;
faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;
faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami;
arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik
tekshirish kodi.
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows
muhitida fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan
tanishib chiqamiz.