• Smartkarta yoki token
  • Parolga asoslangan autentifikatsiyalash quyidagi xususiyatlarga ega




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/107
    Sana13.05.2024
    Hajmi3 Mb.
    #229692
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Parolga asoslangan autentifikatsiyalash quyidagi xususiyatlarga ega: 
    - parolga asoslangan autentifikatsiyani amalga oshirish qo‗lay (sarf 
    xarajati kam, almashtirish oson); 
    - foydalanuvchi paroli odatda unga alokador ma‘lumot bo‗ladi 
    (masalan, uning yaxshi ko‗rgan 
    futbol komandasi, telefon rakami va 
    xak.) (123456, 12345, dm>yeg(u) va shuning uchun "hujumchilar‖ tomonidan 
    aniklanishi oson; 
    - murakkab 
    parollarni 
    esda 
    saklash 
    murakkab 
    (masalan, }De}(43}YettЬ+u); 
    - parolga asoslangan autentifikatsiya usuli amalda keng qo‗llaniluvchi 
    usul. 
    Smartkarta yoki token 


    81 
    Smartkartalar yoki qurilma ko‗rinishidagi tokenlar aut
    entifikatsiyalash uchun qo‗llaniladi. Smartkarta - kredit karta o‗lchamidagi qurilma 
    bo‗lib, kichik xajmdagi xotira va hisoblash imkoniyatiga ega. Smartkarta odatda 
    o‗zida biror maxfiy kattalikni, kalit yoki parolni, sakdaydi va xattoki biror 
    hisoblashni amalga oshiradi. 3.2-rasmda maxsus maqsadli smartkarta va uni 
    o‗quvchi qurilma (smartkarta o‗quvchi kurilma) aks ettirilgan. 
    3.2-rasm. Smartkarta va smartkarta o‗quvchi 
    Biror narsa asosida autentifikatsiyalash usullarini turli ko‗rinishlarda amalga 
    oshirish mumkin. Masalan, parollar generatorini misol qilib olaylik. Parollar 
    generatori kichik qurilma bo‗lib, tizimda kirishda qo‗llaniladi. Faraz qilaylik 
    Alisada parol generatori mavjud va undan foydalanib Bobdan autentifikatsiyadan 
    o‗tmokchi. Buning uchun Bob biror tasodifiy son K ni (―savolni‖) Alisaga 
    yuboradi. Alisa qabul qilingan K sonini va parol generatoridan foydalanish uchun 
    talab qilingan PIN ni parol generatoriga kiritadi. Parol generatori esa Alisaga 
    javobni taqdim etadi va u Bobga uzatiladi. Agar javob to‗g‗ri bo‗lsa, 
    Alisa autentifikatsiyadan 
    o‗tadi, 
    aks 
    xolda 
    o‗ta 
    olmaydi. 
    Mazkur 
    senariyning umumiy ko‗rinishi 3.3-rasmda keltirilgan. 
    3.3-rasm. Tokenga asoslangan autentifikatsiya jarayoni 
    Keltirilgan sxemaga ko‗ra, Bob va parol generatorida taqsimlangan kalit K bo‗lishi 
    shart. Ushbu sxemada ―savol-javob‖ mexanizmi ishlatilgan. Ya‘ni, savol sifatida Bob 


    82 
    Alisaga R sonini uzatadi va unga mos bo‗lgan javob - h(R, K) ni qabul qiladi. Qabul 
    qilgan ma‘lumotni tekshirish orqali Bob Alisani xaqiqiyligini tekshiradi. 
    Smartakarta yoki ―sizda mavjud biror narsa‖ asosida autentifikatsiya usullari 
    quyidagi xususiyatlarga ega: 
    - smartkartaga asoslangan autentifikatsiyada biror narasani esda sakdashni 
    talab etilmaydi; 
    - amalga oshirish va qurilma narxi yuqori (xususan, token yo‗qolgan takdirda 
    uni almashtirish qimmatga tushadi); 
    -
    token yoki smartkartani yo‗qotib ko‗yish muammosi mavjud; 
    -
    token xavfsiz olib yurilsa yuqori xavfsizlik darajasini ta‘min
    laydi. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Parolga asoslangan autentifikatsiyalash quyidagi xususiyatlarga ega

    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish