1-MODUL. BUYUM VA MAHSULOTLAR
TAYYORLASHDA XOMASHYO TANLASH HAMDA
TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
1-MAVZU. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN FANINING
MAQSAD VA VAZIFASI
Tayanch so
‘
zlar: texnologiya, dizayn, mahsulot, xomashyo,
buyum, dizayner, loyiha, ishlab chiqarish, texnik rivojlanish,
fragmentarlik, unversallik,
ratsionallik, tizimlilik, sinalganlik, ilmiy
gipoteza.
1.1. “Texnologiya va dizayn” tushunchasi
“Texnologiya” so’zi yunon tilidan olingan bo’lib “techno”
sanʼat, mohirlik,
va “logos” fan, taʼlim ma’nolarini anglatadi.
Texnologiya
ilmiy
asosda
xom-ashyoni
tayyor
mahsulotga
aylantirishning usullari hisoblanadi. “
Dizayn” ingilizcha “design”
so’zidan olingan bo’lib,
“loyiha”, “chizma”, “rasm”
ma’nolarini
anglatadi.
Dizayn narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini
shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini
ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol
buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari,
ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va
boshqalar kiradi. Dizayn XX asr boshlarida yuzaga kelib, 1930-
yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda
shakllandi. 1980-yillar 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi
kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar
(masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ular
ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa
bilimlarga ega bo’lishi lozim.
Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas
bog’liq. Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga
e’tibor bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.
Hozirgi tushuncha bo’yicha dizaynni shakllanishi uchun mahsus
sharoitlar,
talablar va ko’rsatmalar bo’lishi
lozim. Loyiha
madaniyatining ikki qismi - texnika va san’at, bir-biridan uzoqlashib,
alohida ko’rib chiqilardi va bir biriga qarshi qo’yilardi. XX asrda
ularni birlashtirishga harakat qilina boshlandi. Texnika va san’atni
6
birlashuviga maxsus qo’mitalar tashkil etildi. 1849-yildan boshlab
Londonda buyum dunyosini estetik muammolariga bag’ishlangan
“Journal of Desjng and Manufactures” jurnali chiqadigan bo’ldi. Shu
vaqtda iste’molga “indastrial art” degan tushuncha kirdi. Demak,
dizayn jamiyatni estetik talablari va mashinada ishlab chiqarish
chorrahasida tug’ilgan. Buyum muhitini shakllantirish sohasidagi
badiiy sharoitning inqirozi, dizaynni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Birinchi urinishlar shunday faoliyat sohasida o’rta asr romantik
hunarmandchiligi an’analarini tiklash bo’lgan. Kelajak dizaynining
ildizi dunyoni ratsional qayta ko’rish g’oyasi, muhitni ifoda etish,
ob’ektni har tomonlama estetik ta’sir etishi bilan bog’liq bo’lgan. XIX
asrni oxirida Yevropa mamlakatlarini modern badiiy uslubi qamrab
olgan. U asosida fikrlash shakllarga asoslangan. Ayni modern
odamlarda, rassomlarda ideal sifatida shaklni sezish dizaynni tadbiq
etilishiga imkoniyat berdi.
Modernda bino elementlari konstruktiv va dekorativ turlarga
bo’lindi. Barcha utilitar elementlari estetik ma’noli bo’lib yaratilardi.
Kelajak dizayner ko’rsatmalari va muamolari nemis badiiy
birlashmalari “Verkbund” (1907-y.) va “Bauxauz” namoyon qilishdi.
“Verkbund”ga sanoat xodimlari, me’morlar, rassomlar va
kommersantlar kirar edi. Ularning fikri bo’yicha sanoatda, ishlab
chiqarishda iqtisodiy va estetik talablar o’zaro bog’lanmasa, xalqaro
bozorda yutish mumkin emas. “Verkbund” asosiy vazifalarni aniqladi:
mahsulotlarni ishlab chiqarishni hunarmandlikdan sanoat yo’llariga
o’tkazish.
“Verkbund”ni
asoschisi
G.Mutezius
“estetik
fundamentalizmning” prinsiplarini aniq ta’riflab berdi: buyumning
shakli uning mohiyatidan, tuzilishidan, texnologiyasidan, nimaga
mo’ljallanganidan kelib chiqadi. 1914-yilda firmaning badiiy direktori
P. Bernesni birinchi dizayner deb hisoblansa bo’ladi. Uning amaliy
faoliyati yangi faoliyat turi - dizaynni shakllanishida katta ahamiyatga
ega. Bu firmaning faoliyati birinchi jahon urushi davri 1914-yilda
to’xtadi.
Dizayn - bu zamonaviy sanoatda, ishlab chiqarishda yo’qolgan
madaniy muvozanatni tiklash usulidir. Aynan shuning uchun
go’zallikni funksional asoslangan buyumlar shaklida qidira
boshlashdi. “Bauxauz” 1920-1950-y. Yevropa dizayn aksini namoyon
etgan. 1937- yilda “Bauxauz” AQShga emigratsiya qilgan. Ular
Yevropa dizaynning asoslarini amerikada o’zlashtirishgan. Bunga
7
1930-yildagi Amerikadagi depressiya sabab bo’lgan, chunki
mahsulotni sotish qiyin bo’ldi. Biznesmenlar rassomlarni ishga olib,
mahsulotga estetik xususiyatni berishga intilishdi. Inqiroz paytida
mahsulot ishlab chiqaruvchilar o’z buyumlarini dizayniga e’tibor
beradigan bo’lishdi. Bunga yorqin misol, G.Ford “Djenenra motors”
tomonidan raqobati va bozorni mashinalar bilan to’lganligi sababli
“T” markali mashhur avtomobillarni o’rniga 18 million dollarni
sarflab yangi kelishgan “A” modelini chiqaradigan bo’ldi.
Aynan inqiroz paytida hozirgi dizayn konteksti tashkil etilgandi. U
eng avvalo, kommerstiya dizaynida yoki “industrial san’atida” o’z
ifodasini topgan. Har bir korxonada maxsus guruhlar tashkil etilgan,
ular “staff-dizayn” - dizayn vazifalarini bajarishgan. Maxsus buyurtma
bajaradigan mustaqil dizayn firmalari ham barpo etilgandi. Demak,
dizayn uch ma’noli sohalarning, uch turli madaniy harakat
chorrahasida barpo etilgan: san’at, ommaviy sanoat korxonalar va
buyumlarga mujassamlangan ommaviy ong. Mustaqillika erishgandan
so’ng xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar kuchaygandi. Xorijdan
kelgan mahsulotlar mahalliy mahsulotlarga raqobatdosh bo’lgani bois,
buyumlar
dizayniga
e’tibor beriladigan bo’ldi. O’zbekiston
mahsulotlarni dizayniga ham e’tibor beriladigan bo’ldi. Dizaynerlar
uyushmasi tashkil etildi va bu uyushma xalqaro dizaynerlar
uyushmasiga kiritildi.
2005-yildan boshlab, “Art week” qoshida Toshkentda har yili
“Style Uz” va “Bolajonlar shirintoylar” moda festivallari o’tkaziladi.
U yerda, milliy liboslar an’analariga tayanib, milliy (xonatlas, adras,
shoyi, beqasam) va zamonaviy gazlamalaridan zamonaviy va milliy
liboslar namoyish etiladi. Zamonaviy insonni estetik ehtiyojlariga
“yangi shakl” javob bermaydigan bo’ldi; shaklni afzalligi endi uning
tartibga solishni va jipslanganligida emas, balki shaxsni emostional
boyitadigan siymoligidadir. “Yangi dizayn” “yaxshi shakl”dan ayni
umumiy namuna sifatida voz kechadi, ammo bu “yaxshi” yoki “sof
shakl” zamonaviy dizaynda ijodiy konsepsiyani asosi bo’la olmadi.
1990-yil dizaynda minimalizmning zafari buni isbotladi. Ammo
minimalizm dizaynda yagona bo’lgan yo’nalish sifatida talqin
qilinmagandi,
balki
kiyim
dizaynida
unga
qarama-qarshi
dekonstruktivizm va tarixiylik bilan do’stona birga mavjud bo’lgan.
Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas bog’lik.
8
Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga e’tibor
bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.
|