3
KIRISH
Muammoning dolzarbligi va o’rganilganlik darajasi.
Bugungi kunda
hayotimizning har bir jabhasi jadallik bilan tez sur‘atlarda rivojlanib borayotgan
bir
paytda
axborot
komunikatsiyalardan
keng
foydalanib,
zamonaviy
texnologiyalar, elektron qurilmalar kabi tushunchalar ham har bir kunimizning
ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning ―Yuksak ma‘naviyat –
yengilmas kuch‖ nomli risolasida alohida ta‘kidlanganidek, ―Ma‘naviy ma‘rifiy
targ‘ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan
zamonaviy informatsion va
kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy
immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul uslublarini ishlab chiqish,
davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash
bugungi kunda muhim vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib
olishimiz zarur‖. 2014 yil Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ―Sog‘lom bola
yili‖ deb e‘lon qilinishi ham yosh avlodlarni
mustahkam oila davrasida
ulg‘ayishini, ularning yetuk, bilimli va kuchli bo‘lib yetishishini, zamon bilan
hamnafas yurishini ta‘minlash kabi masalalarni ilgari suradi. Yurtboshimiz,
ma‘naviy sog‘lom oila muhitida tarbiyalangan farzandlarimizni el-u yurtning
umid-ishonchi, suyanadigan tog‘i deb hisoblaydilar: ‖Baxt-u
saodat faqat boylik,
molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqilli, mehnatsevar, iymon-
e‘tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta
boyligidir‖.
Qolaversa, Prezident I.Karimov tashabbuslari bilan Vazirlar
Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va
axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro
axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi
*
.
Oradan bir yil
o‘tgach, 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
*
Xalq so‘zi. 2001 yil, 24 may. № 101 (2663). 1-sahifa.
4
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga
oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002-2010
yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi qarori e‘lon qilindi
**
.
Tezlik bilan rivojlanib va keng tarqalib borayotgan kompyuter axborot
texnologiyalari davrida hayotimizni qo‘l
telefonlari, cho‘ntak kompyuterlari,
kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz juda ham qiyin.
Biz bilamizki hozirgi davrda boshqa texnika vositalari qatorida qo‘l
telefonlari ham takomillashib, murakkablashib, mukammallashib boryapti. Bunda
foydalanuvchilar soni esa kundan kunga jadallik bilan oshib boryapti. Yosh
boladan tortib keksa kishilargacha qo‘l telefon xizmatlaridan foydalanishmoqda.
Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada qo‘l telefonlari
kuchayib ketdi. Ularda ham o‘zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi,
protsessori mavjud bo‘lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi.
Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik
kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz
mumkin. Ulardagi operasion tizimlar ham sun‘iy intellektga
qarab takomillashib
bormoqda. Shu jumladan, yaqin yillarda o‘z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda
smartfon bozorining 75 % ini egallashga ulgurgan Android operatsion tizimi
yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish qilmoqda. Bu degani, ushbu OTdan aholining
50-60 foizi foydalanadi. Operasion tizim foydalanuvchilari qanchalik ko‘payib
borsa, unda ishlaydigan dasturlarga bo‘ladigan ehtiyoj ham shunchalik
kattalashadi. Demak, Android uchun mo‘ljallangan dasturlarni tuzish ko‘proq talab
etiladi. Biz ham shuni inobatga olib, hozirgi kunda o‘qituvchilarimiz
uchun juda
qo‘l keladigan dasturimiz, ya‘ni dars jadvali dasturini tuzishga harakat qilamiz.
Amalda bu ko‘rinishdagi dasturning mavjud emasligi va bu xildagi dasturlarga
talabning yuqoriligi tadqiqotimizning dolzarbligini belgilab beradi.