5
taratuvchi
muallimlar uchun, ushbu tizimda ishlaydigan dars jadvalini yaratish
jarayoni tadqiqotimiz ob‘ekti sifatida olindi.
Android uchun mo‘ljallangan dasturlarni
yaratish texnologiyalari, vositalari,
Java dasturlash tili ilmiy ishimiz predmeti hisoblanadi.
Ishning
maqsad
va
vazifalari.
Kelajagimiz poydevori bo‘lmish
yoshlarimizga texnologik
asrning yangi texnikalari, ularning dasturiy vositalari
bilan
tanishtirish, xususan zamonaviy mobil operasion tizimlardan biri bo‘lmish,
eng tez tarqalib borayotgan Android OT bilan tanishtirish,
unda ishlaydigan dars
jadvali dasturlarining yaratilish usulini ko‘rsatib berish ishimizning asosiy maqsadi
hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi tadqiqot vazifalari
belgilandi:
– Android operatsion tizimi haqida to‘liqroq ma‘lumotlarni
qidirib topish,
ularni o‘rganish, tahlil qilish;
– Android operatsion tizimiga moslashgan gadjetlar (planshetlar, telefonlar,
pleyerlar va h.k.)ni o‘rganish, yirik kompaniyalar
mahsulotlarini tahlil qilish;
– Android operatsion tizimida ishlaydigan dasturiy ta‘minotlarning
imkoniyatlarini o‘rganish;
– Google korporatsiyasining Play Market loyihasi haqida ma‘lumotga ega
bo‘lish;
– *.apk kengaytmali dasturlarning yaratilishini o‘rganish;
– Eclipse SDK dasturini o‘rnatish va uni Android uchun moslashtirish;
– Android OT da dars jadvali dasturining yaratish.
Tadqiqotning metodologik asosi
Tadqiqot masalalarini hal qilishda quyidagi
tadqiqot uslublari
dan
foydalanildi:
– tadqiqot mavzusiga oid texnologik,
psixologik, estetik adabiyotlarni
o‘rganish;
–
boshqa tildagi veb saytlardagi ma‘lumotlarni tahlil qilish, ular foydalangan
usullarni amaliyotda tatbiq etib ko‘rish;
6
–
internet forumlari, o‘zbek forumlaridagi Android operatsion tizimi bo‘yicha
fikrlarni o‘rganish;
– Android operasion tizimi uchun dars jadvalini tayyorlash.