О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   197
Bog'liq
Дарслик

10.4. Transportdagi elektron tijorat 
Raqamli iqtisodiyot boshqa barcha sohalar singari, transport sohasiga 
ham katta ta’sir qilaypti. Bu sohaning boshqaruv, logistik va infratu-
zilmaviy kompaniyalarining biznes-modellari ham ancha o‘zgarib 
ketdi. Natijada, masalan, „aqlli“ infrtuzilmali elektron vokzallarning 
yangi konsepsiyalari paydo bo‘ladi, katta ma’lumotlarni tahlil qilgan 
holdagi shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv tadbiq qilinadi, mobil ilova-
lar transport ishida keng miqyosda ishlatilina boshlaydi. Virtualizatsiya 
jaraoni esa har bir kompaniyaga bulutdan havfsiz, arzon va mobil joylar 
sotib olishga imkon yaratadi. Taksi xizmatlari bozorida agregator deb 
nomlangan xizmat turi paydo bo‘ldi va bu xizmat yo‘lovchilar va
yuk tashuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Misol sifatida 
YandexTaxi, CityTaxi, GettTaxi va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Taksi chqirishnuchun endi ko‘chaga chiqish, operatorga qo‘g‘iroq
qilish zarur emas, birgina mobil ilovadan foydalangan xolda smartfon-
dan foydalanib, daqiqalar ichida taksi chaqirish mumkin. Yuqoridagi
servislar nafaqat taksi chaqirish, balki mashinani kelishini, xolatini,
harakatini nazorat qilishi hamda qancha mablag‘ ketishini bilib turishi
taminlab beradi. Agarda bu sohadagi eng ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan 
Yaponiya yuzlansak, unda dunyo bo‘yicha eng katta transport
kompaniyasi JR east Group faoliyat ko‘rsatadi. Bu kompaniya kuniga 
17 million yo‘lovchini tashiydi va sutkasiga 13 mingta poyezdning 
harakatini ta’minlab beradi. Elektron texnologiyalar ushbu kompaniyaga 
„temir yo‘l vokzali-shahar“ loyihasini amalga oshirishga imkon berdi.
Bunda Tokioning markaziy vokzali mehmonxonalar, biznes-ofislar, 
tijorat tashkilotlari hamda boshqa obektlar bilan hamkorlikda ishlashga
erishadi. Yo‘lovchi tashishdan tashqari, JR east Group kompaniyasi 
quyidagi faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadi:
- Mehmonxonalar va ofislarning tijoriy ko‘chmas mulkini 
boshqarish;
- Jamoa ovqatlanishi tarmoqlari va savdo faoliyati;


281 
- Harakatchan sostav ishlab chiqarish; 
Raqamli iqtisodiyot boshqa barcha sohalar singari, transport sohasiga 
ham katta ta’sir qilaypti. Bu sohaning boshqaruv, logistik va 
infratuzilmaviy kompaniyalarining biznes-modellari ham ancha o‘zga-
rib ketdi. Natijada, masalan, „aqlli“ infrtuzilmali elektron vokzallar-
ning yangi konsepsiyalari paydo bo‘ladi, katta ma’lumotlarni tahlil
qilgan holdagi shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv tadbiq qilinadi, mobil
ilovalar transport ishida keng miqyosda ishlatilina boshlaydi. Virtuali-
zatsiya jaraoni esa har bir kompaniyaga bulutdan havfsiz, arzon va mobil 
joylar sotib olishga imkon yaratadi. Taksi xizmatlari bozorida agrega-
tor deb nomlangan xizmat turi paydo bo‘ldi va bu xizmat yo‘lovchi-
lar va yuk tashuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Misol sifatida 
YandexTaxi, CityTaxi, GettTaxi va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Taksi chaqirish uchun endi ko‘chaga chiqish, operatorga qo‘g‘iroq
qilish zarur emas, birgina mobil ilovadan foydalangan xolda
smartfondan foydalanib, daqiqalar ichida taksi chaqirish mumkin.
Yuqoridagi servislar nafaqat taksi chaqirish, balki mashinani kelishini,
xolatini, harakatini nazorat qilishi hamda qancha mablag‘ ketishini
bilib turishi taminlab beradi. Agarda bu sohadagi eng ilg‘or tajribaga ega 
bo‘lgan Yaponiya yuzlansak, unda dunyo bo‘yicha eng katta transport
kompaniyasi JR east Group faoliyat ko‘rsatadi. Bu kompaniya kuniga 
17 million yo‘lovchini tashiydi va sutkasiga 13 mingta poyezdning 
harakatini ta’minlab beradi. Elektron texnologiyalar ushbu kompaniyaga 
„temir yo‘l vokzali-shahar“ loyihasini amalga oshirishga imkon berdi.
Bunda Tokioning markaziy vokzali mehmonxonalar, biznes-ofislar, 
tijorat tashkilotlari hamda boshqa obektlar bilan hamkorlikda ishlashga
erishadi. Yo‘lovchi tashishdan tashqari, JR east Group kompaniyasi 
quyidagi faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadi:
- Mehmonxonalar va ofislarning tijoriy ko‘chmas mulkini 
boshqarish;
- Jamoa ovqatlanishi tarmoqlari va savdo faoliyati;
- Harakatchan sostav ishlab chiqarish; ? Avtobus hizmatlari;
- Monorels transporti;
- Avtomobillarni ijaraga berish;


282 
- Yelektron to‘lovlar tizimi IT-Suica;
- Reklama biznesi;
- Fitnes-markazlar xizmati;
- Turistik servis va boshqalar.
IT-Suica deb nomlangan elektron to‘lovlar tizimi JR east Group
kompaniyasining eng katta foyda keltiradigan faoliyat turlaridan biridir. 
2001 yilda bozorga chiqarilgan Suica elektron to‘lov kartalari hozirgi 
paytdagi soni 75 milliondan ortiqdir. Bu tizim elektron pullardan
ham foydalanish imkoniyatini ham yaratgan. Hozirgi paytda transport 
kompaniyalar o‘z faoliyatlarini yuklar tashish yo‘nalishiga ham 
qaratmoqdalar. Masalan, Germaniya milliy temir yo‘l yuk tashuvchisi 
Deusche Bahn DB Navigator deb nomlangan serviz taklif qilgan. Bu servis 
barcha poyezdlarning qayerda ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Yaponiyada esa temir yo‘l oishni boshqarishga imkon beradigan robot
yaratgan. Bu robot ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam
so‘ragan passajirlarga esa maslahat bera oladi. Dunyodagi eng inno-
vatsion metropoliten Seul metropoliteni bo‘lib, unda „Metropoliten –
elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga tushirilgan. Kerali 
mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun kerakli
bo‘lgan elektron vitrinalar poyezdlarga tushush platformalarida joylash-
tirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga kelga-
ningizda yetkazib beriladi. Kelajak transport tizimining ko‘rinishi, biznig-
cha, quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendensiya-
larida dunyo va mamlakatlar miqyosida bir butun integrallashgan transport 
tizimi paydo bo‘ladi. Bunday tizimda turli xildagi transport vositalari
yordamida yuk va passajirlar tashish yagona transport tizimiga birlashib, 
iste’molchilrning talablarini maksimal darajada qondiradi. Mobil
ilovalar ko‘rinishidagi elektron servislar mavjudligi, barcha transport 
vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt sarfining
minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik
bilan o‘tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak 
darajaga yetadi. Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport,
balki informatsion hamda savdo biznesi elementlarini qamrab olgan
holda butunlay yangi biznes modelni yaratadi. Natijada transport tizi-


283 
mi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo‘l vokzali, abto-
bus stansiyasi, ayerovokzal orasida farqlarni yo‘qotgan holda yagona
texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli 
xildagi transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo‘lovchilar-
ning qoniqishlari darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat
qilishlari talab etiladi. Lekin bunday jarayonni tashkil qilishning aso-
siy sharti transport tizimini barcha tarkibiy qismlarini raqamlashtirish-
dir desak mubolag‘a qilmagan bo‘lar edik. Raqamli texnologik ye-
chimlar elektron to‘lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big
data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni
va mashinaviy ta’limni o‘ziga qamrab olgan xolda yo‘lovchilar bilan
aloqalarning samaradorligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
sifatini oshirishga olib keladi.

Download 7.29 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish