• Vektor muharrirlari.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 8,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/191
    Sana05.09.2024
    Hajmi8,87 Mb.
    #270328
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   191
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti

    Grafikli muharrirlar.
    Bu grafik tasavvurlarni yaratish va (yoki) ularga ishlov 
    berish uchun mo’ljallangan keng dasturdir. Bunday sinfda quyidagi kategoriyalar 


    55 
    farqlanadi: 
    rastr 
    muharrirlari, 
    vektor 
    muharrirlari, 
    uch 
    o’lchamli 
    grafiklar(3Dmuharrirlari) va ishlov berish uchun dasturiy vositalar.
    Rastr muharrirlarini grafik ob’ekti rastrni tashkil qiluvchi hamda nur va rang 
    xususiyatlariga ega bo’lgan nuqtalarning kombinatsiyasi shaklida taqdim qilingan 
    hollarda qo’llaydilar. Bunday yondashuv grafik tasvir ko’plab yarim tonlarga ega 
    bo’lsa (tasvir uncha aniq bo’lmasa) va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlarning nuri 
    haqidagi axborot uning shakli haqidagi axborotdan muhimroq bo’lgan hollarda
    samarali bo’ladi. Bu fotografiya va matbaa tasvirlari, ularning retushi, fotoeffektlar va 
    badiiy kompozitsiya (kollej)lar tuzish uchun xosdir.
    Yangi tasvirlarni rastr muharrirlari vositalari bilan yaratish imkoniyatlari 
    chegaralangan va har doim ham ulardan foydalanish qulay bo’lavermaydi. Ko’pchilik 
    holatlarda rassomlar an’anaviy asboblardan foydalanib, so’ngra rasmni maxsus apparat 
    vositalari (skanerlar) yordamida kompyuterga kiritish va ishni rastr muharrirlar 
    yordamida maxsus effektlar qo’llash yo’li bilan tugatishni afzal ko’radilar.
    Vektor muharrirlari.
    Rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni 
    taqdim etish usuli bilan farq qiladilar.
    Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday 
    yondashuv chiziqlarning shakli uni tashkil qiluvchi alohida nuqtalarning rangi 
    to’g’risidagi axborotdan ko’ra, kattaroq ahamiyatga ega bo’lgan chizmagrafik ishlar 
    uchun xosdir. Vektor muharrirlarida har bir chiziq uchinchi tartibdagi matematik 
    qiyshiq chiziq sifatida ko’rib chiqiladi va shunga muvofiq ravishda nuqtalarning 
    kombinatsiyasi sifatida emas, balki matematik formula tarzida (kompyuterda bu 
    formulaning raqamli koeffitsientlari saqlanadi) taqdim etiladi. Bunday taqdim qilish 
    rastr muharriri taqdimiga qaraganda ancha ixcham va shunga muvofiq ravishda 
    ma’lumotlar ancha kam joyni band etadilar, biroq har qanday ob’ektni yaratish ekranda 
    nuqtalarni oddiygina aks ettirish bilan amalga oshirilmaydi, balki qiyshiq chiziqning 
    parametrlarini ekran yoki matbaa tasvirining koordinatlariga muttasil ravishda qayta 
    hisoblash bilan davom etadi. Shunga muvofiq, vektor grafikasi bilan ishlash 
    unumdorligi yuqoriroq bo’lgan hisoblash tizimini ishlatishni talab qiladi.
    Elementar ob’ektlar (chiziqlar)dan eng oddiy geometrik ob’ektlar (primitivlar) 
    yaratiladi. Vektor grafikasi vositalari bilan yaratilgan badiiy illyustratsiya bir-birlari 
    bilan o’zaro aloqada bo’lgan, bir-birlariga o’zaro ta’sir qiluvchi o’n minglab sodda 
    ob’ektlarni o’z ichiga olishi, ulardan iborat bo’lishi mumkin.
    Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulay, ammo ular tayyor rasmlarga 
    ishlov berishda qo’llanilmaydi. Ular reklama tadbirkorligida keng qo’llaniladi, ularni 
    matbaa nashrlarining muqovalarini bezatishda va badiiy ish usuli chizma usuliga 
    yaqinroq bo’lgan hamma holatlarda ishlatiladi.
    Uch o’lchovli grafika muharrirlari
    uch o’lchovli kompozitsiyalarni yaratishda 
    ishlatadilar. Ular ikkita o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular tasvir 
    qilinayotgan ob’ektlar yuzasini yoritish manba xususiyatlari bilan o’zaro ta’siri va 
    aloqa shakllari sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqarish imkoni berilsa
    ikkinchidan esa ular uch o’lchovli animatsiya yaratishga imkon beradilar. Shuning 
    uchun uch o’lchovli grafika muharrirlarini ko’pincha 3D-animatorlar deb ham 
    ataydilar.


    56 

    Download 8,87 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   191




    Download 8,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 8,87 Mb.
    Pdf ko'rish