|
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariBog'liq portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minotiMa’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari.
Ma’lumotlar bazasi deb jadval
tuzilmalariga uyushgan (tushurilgan, keltirilgan) ma’lumotlarning ulkan, yirik
massivlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari
quyidagilardir:
•
ma’lumotlar bazasini bo’sh (to’latilmagan) tuzilmasini yaratish;
•
uni to’ldirish vositalarini taqdim etish yoki boshqa bazani ish jadvalidan
ma’lumotlarni import qilish;
•
ma’lumotlarga yetish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash
(tozalash, saralash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko’p tizimlari ma’lumotlarning eng oddiy
tahlili va ularni qayta ishlashni amalga oshirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar taqdim
etiladi. Natijada, mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi
jadvallarini tuzish imkoni paydo bo’ladi. Tarmoq texnologiyalarining keng tarqalishi
munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga ham butun jahon
kompyuterlarining serverlarida joylashgan, olisdagi va taqsimlangan resurslar bilan
ishlash imkoniyatlarini taqdim etish talablarini qo’ymoqda.
Elektron jadvallar.
Elektron jadvallar turli ma’lumotlarni saqlash va ularga
ishlov beruvchi kompleks vositalardir. Qaysidir ma’noda ular ma’lumotlar bazalarini
boshqarish tizimiga o’xshab ketadi, ammo asosiy urg’u ma’lumotlar massivlarini
saqlash va ulardan foydalana olishni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni qayta
ishlash, bunda aynan ularning ichki mohiyat-mazmuniga ko’ra, qayta tashkil qilish
yangilanishga qaratiladi.
Odatda, ma’lumotlarning keng laktori (raqamli va matnlilardan tortib to
multimediya ma’lumotlarigacha)ni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazalaridan farqli
o’laroq elektron jadvallar uchun raqamli ma’lumotlarga diqqatni jamlash muhim
hisoblanadi. Buning evaziga esa elektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan
ishlash uchun usullarning kengroq spektrini taqdim etadi. Elektron jadvallarning asosiy
xususiyati shundaki, jadval yacheykalari istalganining mazmuni o’zgarganda boshqa
hamma yacheykalarda mazmunning matematik va mantiqiy ifodalari
nisbatlarning o’zgarishlar bilan bog’liq avtomatik o’zgarishlari ro’y berishi mumkin.
Elektron jadvallar bilan ishlashning qulayligi ularning buxgalterlik hisob-kitob
sohasida moliyaviy, xom ashyo va tovar bozorlarini tahlil qilishning universal vositasi,
texnik sinovlar, texnik natijalarini qayta ishlashning oson vositasi sifatida, ya’ni
qayerda muntazam ravishda takrorlanuvchi, katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni
hisoblashni avtomatlashtirish zarurati bo’lgan hamma joyda keng qo’llaniladi.
|
| |