|
HTML muharrirlar (Web-muharrirlar)Bog'liq portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minotiHTML muharrirlar (Web-muharrirlar).
Bu muharrirlar o’zlarida matn va
grafik muharrirlarning xususiyatlarini birlashtiruvchi alohida sinfi (toifasi)dir. Ular
Web-hujjatlar (internetning Web sahifalari)
deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir
qilish uchun mo’ljallangan. Web-hujjatlar - bu elektron hujjatlar bo’lib, ularni
tayyorlashda internetdan axborot qabul qilish va axborot uzatish bilan bog’liq bir qator
imkoniyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Nazariy jihatdan olinganda Web-hujjatlarini tuzish uchun odatdagi matn
muharrirlari va protsessorlari, shuningdek, vektor grafikasini grafik muharrirlaridan
ayrimlaridan foydalanish mumkin, ammo Web-muharrirlari Web-dizaynerlarning ish
unumdorligini oshiruvchi bir qator foydali vazifalarni bajara olish xususiyatiga ega. Bu
sinfga mansub dasturlardan elektron hujjatlarni va multimediya nashrlarini tayyorlash
uchun foydalanish mumkin.
Brouzerlar (sharhlovchilar, Webni ko„rib chiqish vositalari).
Bu toifaga
HTML (bu formatdagi hujjatlar Web-hujjatlar sifatida ishlatiladi) formatidagi elektron
hujjatlarni ko’rib chiqish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar kiradi. Zamonaviy
brouzerlar faqat matn va grafikani aks ettirmaydi. Ular musiqani, inson nutqini aks
ettirishi, internetdagi radio eshittirishlarni eshitishni, videokonferensiyalarni ko’rib
chiqishni, elektron pochta xizmati, telekonferensiyalar
(yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni va ko’plab boshqa funksiyalarni bajarishi
mumkin.
Ish yuritishning integratsiyalashgan tizimlari
- rahbarning ish joyini
avtomatlashtirishning dasturiy vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy
vazifalariga eng sodda hujjatlarni tuzish, tahrir qilish va formatlashtirish, elektron
pochta, faks va telefon aloqalari vazifalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar
aylanmasini dispetcherlashtirish va monitoring qilish, bo’linmalar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ma’muriy xo’jalik faoliyatini optimallashtirish va so’rovga binoan
tezkor hamda ma’lumotnoma axborotini taqdim etish vazifalari kiradi.
|
| |