62
3.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari
4.
Kompyuter grafikasida rang tushunchasi.
Tayanch iboralar:
Komp’yuter grafikasi, rastr, vector, fractal, rasm, poligrafiya,
visual dasturlar
Kompyuter grafikasi o’zoq
yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham
to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va
kompyuter animasiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi.
Kompyuter grafikasi
tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z
ichiga olsa
kompyuter animasiyasi
dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Kompyuter grafikasi
– EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish,
tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
Kompyuter animasiyasi
– ekranda tasvirlarni ―jonlantirish,
kompyuterda
dinamik tasvirlar sintezidir.
Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat
hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va
vositalarini o’rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha
uch o’lchovli
(3D) grafika
deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli
usullaridan foydalaniladi.
2. Kompyuter grafikasi turlari.
To’zilishiga ko’ra tasvirlar
rastrli
yoki
vektorli
bo’lishi mumkin. Masalan tasvir
xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va
ulardan rastrli surat xosil qiladi.
Piksel
– bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib,
uning rangi kompyuter
xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda
bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini
belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop
etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.
Vektorli
grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini
ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula
– to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari
va joylashuvini aniqlovchi
formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli
rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda
kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash
matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish
yoki kichiklashtirish
orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va
vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik
aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va
chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni
63
ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham)
grafika ekranga yoki
chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o’zatiladi.