Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Rang modellari. Kompyuter grafikasida rang juda muxim – ko’zatuv taassurotni kuchaytirish va
tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan buyumdan
qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z ichidagi asab
xujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boq’langanligi
tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni ko’rish tuyq’usi paydo
bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday ko’rish qobiliyati ko’rish deb,
ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu
ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu
ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.
Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan. Agar
ko’zning to’zilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi
hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida
o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar
deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil
aralashtirsak oq hosil bo’ladi.
Rang modellari. RGB modeli ning nomi
Red - qizil,
Green – yashil va
Blue – ko’k birlamchi
ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda
aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa ranglarini olish mumkin.
Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti
(magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi.
Rasm. 1.1. RGB modeli.
68
RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari
mumkin.