Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari




Download 8,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/191
Sana05.09.2024
Hajmi8,87 Mb.
#270328
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti

 
3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 
Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan 
soxani topish qiyin.
Kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi 
guruxlarga ajratish mumkin:
• 
poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
• 
ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
• 
taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;
• 
ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
• 
uch o’lchamli animasiya dasturlari;
• 
ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
• 
ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;
• 
videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
• 
ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Kompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi 
va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, 
klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan 
foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi 
dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini 
yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga 
egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi 
Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar 
rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: 
skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus 
effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari 
tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va 
taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan 
tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar 
majmui kiritilgan.
Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli 
kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun 
mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. 
Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish 
hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy 
shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z 
uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli 
xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va 
rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, 
kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir 


64 
qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta 
ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi 
Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco
Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham 
keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional 
imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Taqdimot ishlari dasturlari.
Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan 
anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga 
Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard 
Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni 
ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni 
ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi 
multimedia vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a 
tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya 
vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi .
Yangi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda 
Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi.
Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan 
foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot 
namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi 
mavjud .
Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE-
2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish 
mumkin.
Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U 
ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va 
multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron) 
ishlatishga imkon beradi.
Taqdimot dasturlari ichidan OSG’2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka 
(ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, 
Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega 
Novell Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers 
firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun 
mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish 
kerak bo’ladi.
Ilmiy vizuallashtirish dasturlari
Ilmiy vizuallashtirish dasturlari nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini hal 
qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha 
mo’ljallangan.


65 
ShK da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden 
Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida ko’rsatish 
mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish 
uchun mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va 
xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish 
mumkin. Surfer paketi zqf(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki 
o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U 
tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni 
vizuallashtiradi. Grapher dasturi yqf(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov berish va 
grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi 
egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat 
bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli bir nechta koordinata o’qlari 
bo’lishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni 
o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirish
hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) 
ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi.
Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda 
ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D, 
PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer.
SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli 
tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini 
ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin. Video va 
komponovka bilan ishlash tizimlari.
Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch 
o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, 
murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi 
yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni 
kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish 
mumkin.
Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi 
Adobe Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj 
qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir 
nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus 
effekt va shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI 
firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe 
firmasining CoSA After Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi 
Composer dastur AliasG’Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus 
effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish 
uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .Shular yordamida yuqori sifatli video 
maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni 
va animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus 
effektlarni matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat videoyozuvning oxirgi 
natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda 
ko’zatish, ko’rish mumkin.


66 
Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi 
qurilmalarni qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida videoga 
ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, 
Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic 
kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium 
dasturlari mavjud.
Modellashtirish (2D va 3D).
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik 
ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli 
animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli 
avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini 
olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning 
grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil 
qilish, taxrirlash,
 
2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga 
keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va 
makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, 
adaptasiya qilish mumkin.
AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida 
foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash 
tillaridan foydalanishi mumkin.
IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha 
AliasG’ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu 
dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa 
maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik 
sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va
Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va 
deformasiyalash vositalariga ega.
IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D 
Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar 
hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) 
vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli 
modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga AliasG’ Wavefront firmasining Designer, 
Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin.
Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda 
mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining 
yechimini topish mumkin.
Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan 
birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, 
animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.
Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. 
Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan 
ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni 
baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa 


67 
Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, modellar va 
animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. 
Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi 
uchun qo’shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. 
SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana 
Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur 
dizayn va muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini 
beradi.

Download 8,87 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191




Download 8,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari

Download 8,87 Mb.
Pdf ko'rish