• Stol ustiga qo„yiladigan nashriyot tizimlari.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 8,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/191
    Sana05.09.2024
    Hajmi8,87 Mb.
    #270328
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   191
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti

    Avtomatlashtirilgan 
    loyihalashtirish 
    tizimlari 
    (ALT-tizimlar)

    Ular 
    loyihakonstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Mashinasozlik
    asbobsozlik, me’morchilikda qo’llaniladi. Chizmachilik-grafik ishlardan tashqari, bu 
    tizimlar eng oddiy hisob-kitoblar (masalan, detallarni (mahkam) mustahkamligi hisob-
    kitoblari)ni o’tkazish va ma’lumotlarning keng bazasidan tayyor konstruktiv 
    elementlardan tanlash imkoniyatini beradi.
    ALT- tizimlarining o’ziga xos ajratib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning 
    hamma bosqichlarida texnik shartlar, me’yorlar va qoidalarning avtomatik ravishda 
    ta’minlanishidir, bu konstruktor (yoki me’mor)ni ijodiy bo’lmagan ishdan ozod qiladi. 


    57 
    Masalan, mashinasozlikda ALT-tizimlari mahsulotni yig’ish chizmasi bazasida 
    detallarning ishchi chizmalarini avtomatik ravishda bajarish, zarur texnologik 
    hujjatlarni mexanik ishlovdagi harakatlarning ketma-ketligini ko’rsatgan holda 
    tayyorlash, zarur asboblar, dastgoh va nazorat moslamalarni tayinlash, shuningdek, 
    raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar, sanoat robotlarni va moslashuvchan 
    avtomatlashgan liniyalar uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlashga qodir. Bugungi 
    kunda avtomatik loyihalashtirish tizimlar zarur komponentga aylanib qoldi, usiz 
    moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari va texnologik jarayonlarni boshqarishning 
    avtomatlashtirilgan tizimlarini qo’llashning samaradorligi tushib ketadi.
    Stol ustiga qo„yiladigan nashriyot tizimlari.
    Bu sinf dasturlari matbaa 
    nashrlarining sahifalash jarayonini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Dasturiy 
    ta’minotning bu toifasi matn protsessorlari va avtomatik loyihalashtirish tizimlarining 
    o’rtasida oraliq holatni egallagan.
    Nazariy jihatdan olganda, matn protsessorlari matnli hujjatga boshqa soha 
    ob’ektlarini, masalan, vektor va rastr grafikasi ob’ektlarni joriy qilish uchun 
    ishlatiladigan, shuningdek, matn parametrlari va kiritilayotgan ob’ektlar parametrlari 
    o’rtasidagi aloqa, o’zaro ta’sirini boshqarishga imkon beradigan vosita sifatida taqdim 
    etiladi. Lekin, amaliyotda esa matbaa mahsulotini tayyorlash uchun bu vositalar yo 
    matbaa talablari nuqtai nazaridan olinganida, yo funksional jihatdan yetarli emas, yoki 
    unumli ishlash uchun yetarli darajada qulay emas.
    Stol ustiga qo’yiladigan nashriyot tizimlari matn prosessorlaridan matn
    sahifalarining parametrlari bilan hamda grafik ob’ektlar bilan o’zaro aloqasi va ta’siri 
    boshqarishning kengaytirilgan vositalarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa 
    tomondan olganda esa, ular matnni kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirish bo’yicha 
    funksional imkoniyatlarning pastligi bilan farqlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan 
    nashriyot tizimlaridan foydalanishning tipik misoli shundan iboratki, ular avval matn 
    protsessorlari va grafik muharrirlarining ishlovidan o’tkazilgan hujjatlarga nisbatan 
    qo’llanadi.

    Download 8,87 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   191




    Download 8,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 8,87 Mb.
    Pdf ko'rish