|
Mavzu №10. Amaliy dasturiy ta’minot va uning imkoniyatlariBog'liq portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti
Mavzu №10. Amaliy dasturiy ta’minot va uning imkoniyatlari.
Unga kiruvchi dasturlar
Reja:
1.
Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi
2.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari
3.
Ekspert tizimlar
Matn muharrirlari.
Bu sinfga mansub bo’lgan amaliy dasturlarning asosiy
vazifalari matn ma’lumotlarini kiritish va muharrirlik qilish hamda qo’shimcha
vazifalar kiritish va tahrir jarayonlarini avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni
kiritish, chiqarish va ularni saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy
ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu amaliy dasturlarning boshqa
hamma turlari uchun ham xos bo’lib va bundan keyin bu dalilni maxsus ravishda
ko’rsatib o’tirmaymiz.
Dasturiy ta’minot bilan tanishish, odatda, amaliy dasturlarning ushbu sinfidan
boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o’zaro aloqa hamkorlikning dastlabki
ko’nikmalarini u bilan ishlashda hosil qilinadi.
Matn protsessorlari.
Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi
shundaki, ular faqatgina matn kiritish va uni tahrir qilishgagina emas, balki uni
tuzishga, ya’ni shakllantirishga ham imkon beradi. Shunga mos ravishda matn
protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafiklar,
jadvallar va boshqa ob’ektlarning o’zaro aloqasi ta’sirini ta’minlovchi vositalar,
qo’shimchalariga esa - formatlashtirish jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar
kiritiladi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi ikkita muqobil yondashuvni -
qog’oz hujjatlar bilan ishlashni va elektron hujjatlar (qog’ossiz texnologiyalar
bo’yicha) bilan ishlashni ko’zda tutadi. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari
yordamida shakllantirish haqida gapirganda bir-biridan tamoyil jihatdan farq qiluvchi
ikkita yo’nalish - chop etish uchun mo’ljallangan hujjatlarni formatlashtirish va
ekranda aks ettirish uchun mo’ljallangan elektron hujjatlarni formatlashtirishni nazarda
tutish kerak. Bunday hollarda uslublar bir-biridan jiddiy farqlanadi. Matn protsessorlari
ham o’z navbatida farqlanadi, lekin ko’p hollarda va yo’nalishni o’zida
mujassamlashgan hollarni ham k’orish mumkin.
|
| |