• NAMANGAN -2007
  • JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, VAZIFALARI, PRINSIPLARI VA TIZIMI 1.1. Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifalari va predmeti
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм



     
     
     
     
     
    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
    MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
    O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI 
    O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMINI
    RIVOJLANTIRISH INSTITUTI 
     
     
     
     
     
     
    JINOYAT HUQUQI
    (Umumiy qism) 
     
    Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik 
     
     
     
     
    j/0*
    «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA 
    AKSIYADORLIK KOMPANIYASI 
    BOSH TAHRIRIYATI 
    NAMANGAN -2007 
     



     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1-bob. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, VAZIFALARI,
    PRINSIPLARI VA TIZIMI
    1.1. Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifalari va predmeti 
    Jinoyat huquqi tushunchasi ikki: 
    qonunchilik sohasi 
    va 
    huquq tarmog'i 
    ma'nosida qo'llaniladi. Yurisprudensiya, 
    ya'ni yuridik fanlar tizimida ham jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o'rin egallagan. Jinoyat huquqi 
    boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus huquq tarmoqlaridan o'ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish 
    metod (uslub)lari bilan farq qiladi. 
    Jinoyat huquqi — 
    qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazo choralarini 
    belgilovchi hamda jinoyat sodir etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi yuridik 
    normalar tizimi. 
    Jinoyat huquqi 
    — huquq tizimining mustaqil huquq tarmog'i bo'lib, qilmishning jinoyat ekanligini, jinoiy 
    javobgarlikning asoslari va chegaralari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi Oliy davlat 
    hokimiyati organi tomonidan o'rnatilgan huquq normalari yig'indisi. 
    Jinoyat qonunchiligi — 
    Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o'rnatilgan jinoyat, deb hisoblanadigan 
    qilmishlar doirasi, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy javobgarlik va 
    jazodan ozod qilish asoslari, shuningdek, jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini belgilovchi huquq normalari 
    majmuyidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimidagi mustaqil qonunchilik sohasi. 
    Mustaqil huquq tarmog'i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning 
    jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bosqichlari bo'yicha 
    qarashlar, g'oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek, jinoyat huquqining o'rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va 
    shu kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmuyi sifatida uning tarixini, 
    qo'llash amaliyotini o'rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. 
    Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o'quv intizomi sifatida qo'llanilib, u yuridik o'quv yurtlaridagi 
    jinoyat huquqi bo'yicha o'quv materiallari va mavzu rejalarini o'z ichiga oladi. 
    Jinoyat huquqi huquq tarmog'i sifatida 

    Download 53,9 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish