|
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiBog'liq 67. Жиноят хукуки умумий кисм
1.2.2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida
belgilangan bo'lib, unga ko'ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, till,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi-dan qat'iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega
bo'lib, qonun oldida tengdirlar.
Ushbu normaning asosi O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 18-moddasida belgilangan bo'lib, unda
«O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar», deb ko'rsatib
o'tilgan.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipida:
•
birinchidan,
Jinoyat kodeksining 5-moddasida ko'rsatilgan belgilar va holatlardan qat'iy nazar, fuqarolarning
tengligi, ularning bir xil huquq va majburiyatlarga ega ekanligi ifodalanadi;
•
ikkinchidan,
Jinoyat qonunining bir xilda qo'llanilishi ta'min-lanadi.
Jinoyat kodeksining 5-moddasi nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir
etgan shaxslarning qonun oldida tengligi xususida filer bildirilgan. Lekin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha
ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jabrlanuvchi, jinoyat qonunini qo'llovchi shaxslar ham
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga amal qilishlari shart.
Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsipiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy, deb topish masalasi
borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsipiga amal qilinishi kerak. Xususan,
maxsus subyektlaming qilmishlarini jinoyat, deb topishda, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar
qilmishlari uchun boshqalarga javob bermaydi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining buzilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan,
Jinoyat kodeksining 141-moddasida fuqarolar teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa, adovat qo'zg'atish
maqsadida milliy, irqiy va diniy mansubligiga ko'ra, fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi xalqaro huquqiy va Konstitutsiyaviy prinsip bo'lganligi uchun
barcha qonunlarda qat'iy o'rnatilishi kerak. Amaliyotda bunday prinsip ko'pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning
mulkiy ahvoli va mansab mavqeyi mezonlariga ko'ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo'zg'atmaslik, jinoyat
tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda boiishi mumkin.
Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng
javobgarligi, jinoiy javobgarlik asoslarining barcha uchun bir xilda qo'llanilishi (amal qilishi)ni bildiradi. Bunday
prinsipdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplari orqali o'rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga
yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar.
|
| |