5
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy va huquqiy tasawurlarni aks ettiradigan yetakchi g'oyalar va asosiy
qoidalardir.
Jinoyat huquqi prinsiplari
— jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida qonun chiqaruvchi, qonunni amalda
qo'llovchi organlar va barcha fuqarolar uchun majburiy bo'lgan asosiy qoidalar.
Jinoyat huquqi prinsiplari quyidagi:
a) xalqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi;
b) jinoyat huquqi prinsiplarining fundamental xususiyatga ega ekanligi;
d) jinoyat huquqi prinsiplarining o'zaro aloqadorligi kabi belgilarga ega.
Jinoyat huquqi prinsiplari birinchi navbatda xalqaro huquq normalariga, ya'ni xalqaro tashkilotlar tomonidan
qabul qilingan hujjatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek, jinoyat qonunidagi prinsiplar o'z navbatida O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi va undagi normalardan kelib chiqishi kerak.
Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat huquqi normalari uchun fundamental asos bo'lib xizmat qiladi, ya'ni jinoyat
huquqi normalar jinoyat huquqi prinsiplaridan kelib chiqadi va ularga zid bo'lmasligi kerak. Bunday prinsiplar
nazariyada prinsip normalar, deb ataladi.
Jinoyat huquqi prinsiplari bir-biriga bog'liq tarzda zanjirsimon harakatda bo'lib, ulardan birining buzilishi o'z
navbatida boshqa prinsiplarning buzilishiga olib keladi.
Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat qonunchiligini «qo'llash» borasida jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni
belgilab beradi.
Jinoyat huquqi prinsiplarining «harakatlanish mexanizmi» jinoyat qonunlarini qo'llovchi shaxslar
(surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud'ya) orqali amalga oshiriladi.
Jinoyat huquqi prinsiplari buzilganda, bunday buzilishlarni bartaraf etish hamda prinsiplarni buzilishiga olib
kelgan g'ayriqonuniy qaror va xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura organlari nazorati)
harakatga keladi.
Jinoyat kodeksida belgilangan prinsiplar:
a) qilmishning jinoiyligi faqat Jinoyat kodeksi bilan aniq-lanishi;
b) jazo va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanishi;
d) Jinoyat kodeksining jinoyat huquqi uchun yagona manba ekanligi;
e) shaxsning jinoyatni sodir etishdagi aybliligi yoki unga qo'yilgan aybda aybsizligini faqat sud tomonidan
aniqlanishi;
f) jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralarining faqat sud tomonidan qo'llanishi;
g) jinoyatni sodir etishda aybdor, deb hisoblangan shaxsni huquqiy holati faqat qonun bilan belgilanishi;
h) barcha huquqni amalda qo'llaydigan idoralarning jinoyat qonunining mazmunini o'z vakolatlari doirasida va Jinoyat
kodeksida ko'rsatilgan aniq matnga muvofiq sharhlash majburdirlar, qoidalaridan iborat.
Jinoyat huquqi prinsiplari O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasida mustahkamlangan, qonunning
ustuvorligi, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning tengligi, umuminsoniy qadriyatlar va
umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustuvorligi kabi prinsiplarga asoslanadi hamda ulardan kelib chiqadi.
Ayni paytda jinoyat huquqining har bir prinsipi ushbu huquq sohasining tartibga solish uslubi va bajaradigan vazifalari
bilan aloqador hamdir.
Qonunda prinsiplarning mustahkamlanganligi ularga umum-majburiylik xususiyatini beradi, binobarin,
prinsiplar kishilar ongiga ta'sir ko'rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo'llash faoliyatini yanada
rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo'lib xizmat qiladi. Barcha prinsiplarning yig'indisi demokratik jinoyat huquqining
chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o'zaro mufoviqlashtirilgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi.
Jinoyat huquqi prinsiplari tizimi deganda, jinoyat qonun-chiligidagi qoidalarning normativ asosini belgilab
beruvchi jinoyat huquqi prinsiplarining yig'indisi tushuniladi. Jinoyat huquqi prinsiplarining tizimi Jinoyat kodeksining
3-moddasida mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra, Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.