O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.2.5. Odillik prinsipi
■ 
.
"

■ 
'
'.'

Odillik prinsipi Jinoyat kodeksining 8-moddasida belgilangan bo'lib, ikki asosiy norma (qoida)dan iborat: 
1. Jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta'sir chorasi odilona 
bo'lishi, ya'ni jinoyatning og'ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo'lishi kerak. 
2. Hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Odillik prinsipi ikki jihatga ega: 
a) jinoyat qonunining odilligi; 
b) jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoning odilona bo'lishi. 
Jinoyat qonunining odilona bo'lishi uchun unda belgilangan qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat uchun 
belgilangan jazo amaldagi ijtimoiy talablarga javob berishi kerak. Jinoyat qonuni bunday talablarga javob bermasa, u 
jamiyat huquqiy ongiga ta'sir qila olmaydi, jamiyat manfaatlarini himoya qila olmaydi va amalda o'z kuchini yo'qotadi. 
Jinoyat qonunining odilona, deb hisoblanishi uchun: 
a) ijtimoiy asoslangan bo'lishi, ya'ni o'zining muhofaza qilish va oldini olish vazifalarini bajaradigan, jinoyat sodir 
etgan shaxs-larni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishigato'sqinlik qilish, shuningdek, boshqa 
shaxslarning yangi jinoyat sodir etishini oldini olish kabi jazo maqsadlariga erishadigan bo'lishi kerak; 



b) kriminologik asoslangan bo'lishi, ya'ni jinoyatchilik darajasi, dinamikasi, tuzilishi va prognozidan kelib chiqib, 
jinoyatchilikni kamaytirish maqsadini ko'zlaydigan bo'lishi kerak; 
d) jinoyat-huquqiy bo'shliqni o'z vaqtida to'ldirish, ya'ni haqiqatan ham ijtimoiy xavfli hisoblangan qilmishlarni o'z 
vaqtida jinoyat, deb topishi kerak. 
Jazoning odilligi prinsipi jazo turlari, tizimi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish to'g'risidagi normalarda 
ham o'z aksini topgan. 
Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta'sir chorasi odilona bo'lishi 
uchun quyidagi: 
1. Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi Ginoyat natijasida yetkazilgan zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va 
xususiyati O'inoiy tajovuz obyekti); 
2.Aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning xavflilik darajasi; 
3. Jinoyat sodir etish holatlari, ya'ni jazoni og'irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar; 
4.Aybning darajasi (shakli — qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) muvofiq bo'lishi kerak. 
Odillik prinsipining «hech kirn aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas», 
degan asosiy qoidasi xalqaro huquqiy va Konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. 
Jinoyat huquqi odillik prinsipining mohiyati shundaki, shaxs sodir etgan qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida 
belgilangan holatlar va ishonchli dalillarga asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Ushbu prinsip qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi va insonparvarlik prinsiplari bilan bevosita 
bog'liqdir. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish