|
«Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma'muriy huquqBog'liq 67. Жиноят хукуки умумий кисм
1.4. «Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma'muriy huquq,
jinoyat protsessi, kriminologiya) bilan bog'liqligi. Jinoyat huquqining
«Umumiy» va «Maxsus» qismlari
Jinoyat huquqi—
huquq tizimidagi huquq sohalari bilan o'zaro bog'liqlikda bo'lib, ulardan ayrimlari bilan
o'xshashUgi ham mavjud. Lekin jinoyat huquqini boshqa huquq sohalaridan farqlay olish kerak;
Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan o'zining predmeti, vazifalari va tartibga solish uslublari bilan farq
qiladi.
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalari — kriminologiya, jinoyat ijroiya huquqi, kriminalistika, jinoyat
protsessi, ma'muriy huquq va shu kabi huquq sohalaridan farqli va o'xshash tomonlari mavjud.
Kriminologiya jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchi shaxsi va jinoyatlarning oldini olishni o'rganadi. Jinoyat
huquqining predmeti jinoyat qonunchiligi hisoblansa, kriminologiyada jinoyatchilik, uning sabablari, vujudga kelish
shart-sharoitlari, o'sish darajasi, jinoyatchining shaxsi va jinoyatlarning oldini olish chora-lari o'rganiladi.
Kriminologiyada ham jinoyat huquqi singari jinoyat qonunchiligi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi, lekin
bunday vaziyatda kriminologiyaning metodi sotsiologik xususiyatga ega bo'ladi.
Kriminologiyaning jinoyat huquqi bilan bog'liqligi shundaki, latent jinoyatchilik, jinoyatchilikning tarkibiy
ko'rsatkichlari liisoblangan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, retsidiv guruh tomonidan sodir etilgan, zo'ravonlik bilan
sodir etilgan, shuningdek, g'ayriqonuniy muomala vositalarining qurol-yarog' va giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlar
darajasi haqidagi kriminologik ma'lumotlar jinoyat qonunchiligi, uning tartibga solish mexanizmi ishlash darajasini
taqqoslash uchun qo'llaniladi.
Shuningdek, jinoyatchining shaxsi haqidagi mavjud kriminologik ma'lumotlar, ya'ni ijtimoiy-demografik,
ijtimoiy-psixologik belgilar — jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash uchun asos sifatida jinoyat huquqining
«jinoyatchining shaxsi», deb nomlangan toifasini to'ldiruvchi ishonchli statistik ma'lumotlar bo'lib xizmat qiladi.
Jinoyat-ijroiya huquqi —
sud hukmlari bo'yicha jazoni ijro etish tartibini belgilaydi va bu borada vujudga
kelgan ijtimoiy munosa-batlarni tartibga soladi.
«Jinoyat-ijroiya huquqi» fani jinoiy jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralarini ijro etish jarayonida jazoning
maqsadi, uni amalga oshirish va jazoni qo'llash natijalarini o'rganadi.
Jinoyat-ijroiya huquqi jazo, kriminal retsidivi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluychi holatlar kabi
masalalar bo'yicha jinoyat huquqi bilan bevosita bog'liqdir.
Kriminalistika -
sodir etilgan jinoyatga oid dalillanni topish, mustahkamlash va tadqiq qilish, shuningdek,
jinoyatchi shaxsini aniqlash va qidiruv ishlarini amalga oshirish usul, uslub va vositalari tizimini o'rganuvchi fandir.
«Jinoyat huquqi» fani kriminalistika bilan bevosita bog'liq bo'lib, jinoyat huquqi boshqa fanlar, sud
psixiatriyasi, sud tibbiyoti, sud psixologiyasi kabilardan foydalanib, qilmish va jinoyatchining ijtimoiy xavflilik
darajasini belgilash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchi shaxsiga baho berish hamda jinoyat tarkibining
barcha elementlarini aniqlashda kriminalistikaga tayanadi.
Jinoyat protsessi va jinoyat huquqi o'zaro bog'liq fanlar bo'lib, ular birgalikda yurisprudensiyada «moddiy va
protsessual jinoyat huquqi», deb ataladi. Jinoyat huquqi jinoyat huquqiy munosa-batlarning moddiy asosini belgilab
bersa, jinoyat protsessi jinoyat-huquqiy munosabatlarning protsessual tartibini asoslab beradi.
Jinoyat huquqi - jinoiy qilmishlar doirasi, javobgarlik asoslari va prinsiplari, jazo tayinlash, jazo turlari va
chegaralarini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar haqidagi moddiynormalarni belgilab bersa, jinoyat
protsessi jinoyat ishlarini yuritish, jinoyatlarni ochish, jinoyat ishlarini ko'rib chiqib hal qilish bo'yicha huquqni
muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini belgilovchi protsessual normalar majmuyini ifodalaydi.
Ma'muriy huquq —
ma'muriy huquqbuzarlik, ma'muriy javobgarlikka tortish asoslari va tartibi, ma'muriy
ishlarni ko'rib chiqish tartibini belgilab beruvchi hamda o'rganuvchi fandir.
Ma 'muriy huquq —
ma'muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatlar o'rtasidagi chegarani belgilash, ma'muriy va jinoiy
jazo sanksiyalari, jinoiy qilmishning ma'muriy huquqbuzarlikka aylanishi va aksincha, ma'muriy huquqbuzarlikning
kriminalizatsiya qilish bo'yicha jinoyat huquqi bilan bog'liq.
Jinoyat qonunchiligidan kelib chiqib, «Jinoyat huquqi» fani ikki qismdan iboratdir:
l.«Umumiy» qism
11
2. «Maxsus» qism.
«Umumiy» qism jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini o'z ichiga olib, unda jinoyat huquqi
tushunchasi, o'rganish predmeti va metodlari, vazifalari, prinsiplari, jinoyat va jinoyatchilik tushunchalari, jinoyat
tarkibi, jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari, jazo tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar
kabi masalalar o'rganiladi.
Jinoyat huquqining «Maxsus» qismida esa, har bir aniq jinoyat, uning tarkibi, ushbu jinoyat uchun javobgarlik
hajmi, javobgarlikni og'irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar, jazo tayinlash kabi masalalar o'rganiladi.
|
| |