19
3.
Aralash jinoyatlar -
bu shunday jinoyatlarki, ular obyektiv tomondan harakat va harakatsizlik yig'indisidan iborat
bo'ladi yoki
boshqacha aytganda, harakat va harakatsizliklar natijasi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar ko'pincha ma'lum
bir qoidani buzish bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 204, 260, 266-mod-dalarida javobgarlik
belgilangan qilmishlar.
Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlar bir yoki bir necha harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Harakat bilan
sodir etilgan jinoyatlarda harakatning boshlanishi va tugallanishi boshqa jinoyat-huquqiy hodisalarni - jinoyatdan
ixtiyoriy qaytish, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ishtirokchilik kabilarni belgilab berishi ham mumkin. Masalan,
ishtirokchilikda amalga oshirilayotgan harakatlarda jinoyat tashkilotchi, dalolatchi harakatlari bilan boshlansa,
bajaruvchi harakati bilan tugallanadi.
Bundan
tashqari, «jinoiy harakat» jinoyat huquqida takroran sodir etilgan jinoyatlar, uzoqqa cho'zilgan va
davomli jinoyatlami aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, harakat tushunchasi orqali jinoyat sodir etish
bosqichlari,
tamom bo'lmagan jinoyatlami ham aniqlash mumkin.