O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Jinoiy huquqqa xiloflilik 
qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini berib, aynan shu daraja orqali qilmish «jinoyat» 
xususiyatiga ega bo'ladi. Aynan ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik belgilari birgalikda qilmishning jinoiyligi va u 
uchun jinoiy javobgarlik asosini belgilovchi omil hisoblanadi. Formal jihatdan jinoyat tarkibi mavjud bo'lsa ham, lekin 
jinoyat qonunida belgilanmagan ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat, deb hisoblanmaydi. Shuning uchun har doim ham 
ijtimoiy xavflilik qilmishni jinoyat, deb belgilash uchun yetarli asos bo'la olmaydi. Bu borada huquqqa xiloflilik 
belgisining ustunligini Jinoyat kodeksining 14-moddasi, 1-qismidagi jinoyat tushunchasiga berilgan ta'rif ham izohlab 
beradi. Shuning uchun ham «huquqqa xiloflilik» belgisi - «jinoyatning formal belgisi», deb ataladi. 
Huquqqa xiloflilik 
-jinoiy qilmish tufayli huquqiy normalarning buzilishini ifodalaydi. Huquqqa xiloflilik shaxs 
tomonidan Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan normalarning buzilishi demakdir. 
Aybning mavjudligi (aybdorlik) belgisi — 
qonun chiqaruvchi tomonidan Jinoyat kodeksida jinoyat 
tushunchasiga aybga jinoyat belgilaridan biri sifatida ta'rif berilgan. Aybning mavjudligi belgisi jinoyat huquqining 
«ayb uchun javobgarlik prinsipi»dan kelib chiqib, 
«Nullum crimen, nulla poena sine cupla», 
ya'ni «Aybsiz jinoyat ham, 
jazo ham yo'q», qoidasini o'z ichiga oladi. 
Ayb 
- bu shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga bo'lgan ruhiy munosabati. 
Shaxs faqat aybli ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo'ladi. 
Aybdorlik tushunchasi Jinoyat kodeksining 20-moddasi maz-muniga ko'ra, «Ushbu kodeksda nazarda tutilgan 
ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilishi 
mumkin»ligidan kelib chiqadi. 
Jinoyat tushunchasidagi aybli harakat yoki harakatsizlik — 
ijtimoiy xavfli qilmishning qasd yoki ehtiyotsizlik 
orqasida sodir etilishini bildiradi. 
Aybdorlik jinoyat belgisi bo'lishi bilan birga jinoiy javobgar-likning asosiy belgilaridan biri ham hisoblanadi. 
Quyidagi holatlardan kelib chiqib shaxsning aybdorligini yoki aybsizligini aniqlash mumkin: 


21 
1. Shaxsning o'zi sodir qilayotgan qilmishining ijtimoiy xavf-liligi, uning darajasi va xususiyatini tushunishi; 
2. Shaxsning sodir etayotgan qilmishi tufayli vujudga keladigan oqibatning ijtimoiy xavfliligini tushunishi; 
3. Shaxsning o'z harakatlarini boshqara olishi. 
Shaxs o'z qilmishining faktik tomonidan tashqari ijtimoiy ahamiyatini ham ongli ravishda anglay olishi kerak. 
Demak, aybning mavjudligi jinoiy xulq-atvor uchun javobgarlikka tortish uchun asos, aniqrog'i, jinoyat subyekti 
aybdorligini aniqlashning muhim sharti hisoblanadi. 
Aybdorlik 
-jinoiy javobgarlik yoshi sifatida jinoyat subyektining o'zi sodir etgan qilmishiga munosabatini 
ifodalash bilan birga aybning belgilaridan biri hisoblanadi, ayb esa shaxsning o'z qilmishiga bo'lgan ruhiy munosabatini 
ifodalaydi. 
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish kerakki, shaxs sodir
I
qilgan jinoyatida aybning shakli qasd yoki 
ehtiyotsizlikning mavjudligi va faqat shaxsning aybli xulq-atvorigina jinoyat, deb hisoblanadi. Aybning ruhiy 
tushunchasi shaxs xulq-atvorining malum bir turi sifatida uning muhim belgisi bo'lib hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 
14-moddasi, 1-qismida jinoyat tushunchasiga berilgan ta'rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, jinoyat qonunida ijtimoiy 
xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etishni taqiqlabgina qolmasdan, ular uchun jinoiy jazoni ham belgilab 
qo'ygan. Bu esa, o'z navbatida jinoyatning «jazoga sazovorlik» belgisini keltirib chiqaradi. Bu belgi jinoyat huquqining 
«javobgarlikning muqarrarligi prinsipi»dan kelib chiqadi. 
Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi — 
har qanday jinoyat uchun jazo tayinlanishining muqarrarligini bildiradi. 
Jazo esa sud hukmi bilan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasidir. Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoga 
«Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo'Uanadigan va 
mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat 
majburlov chorasidir», deb ta'rif berilgan. 
Lekin bu qoidadan «Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazolar majburiy va barcha hollarda sodir etilgan jinoyatlar 
uchun jazo qo'llanishi kerak», degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki Jinoyatkodeksida jazo belgilangan aybli ijtimoiy 
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni jazodan ozod qilish ham nazarda tutilgan (Jinoyat kodeksining 69-76-moddalari). 
Biroq, yuqoridagi holat, Jinoyat kodeksining 14-moddasi, 1-qis-mida ko'rsatilgan normadan kelib chiqqan holda 
jinoyat tarkibi mavjud barcha ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jazo qo'llanilishi kerakligini rad etmaydi. Shu bilan birga, 
jazoga sazovorlik - bu faqat jinoyatning oqibati emas, bunday oqibatga aniq jinoyat uchun qo'llaniladigan davlatning 
majburlov chorasi sifatidagi jazo ham kiradi. Jazoga sazovorlik yuqoridagilardan tashqari, jinoyat huquqiy sanksiyadan 
iborat huquq normasini ifodalovchi keng ma'nodagi tushuncha hamdir. 
Har bir huquq sohasi kabi jinoyat huquqida ham sanksiyalar mavjud bo'lib, ular jinoyat huquqi normalarini 
buzganlik uchun jinoyat huquqiy ta'sir choralari ко'rinishidagi jazolarni o'zida aks ettiradi. 
Aynan jinoiy jazo jinoyat sodir etishning oqibati sifatida javob-garlikning muqarrarligini keltirib chiqaradi va asosiy 
ogohlantiruvchi vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham «jinoyat jazoni keltirib chiqaradi», degan qoida javobgarlik 
muqarraligining kafolati hisoblanadi. 
Jazo qo'llash tahdidini ifodalovchi sanksiyasi bo'lmagan huquqiy norma jinoyat huquqiy taqiqni anglatmaydi. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarida nisbiy-muayyan va alternativ sanksiyalar nazarda tutilgan 
bo'lib, ular sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyatni amalga oshirishda aybning darajasi va shu bilan 
birga boshqa holatlarni ham e'tiborga olib jazo tayinlash imkoniyatini beradi. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish holatlari 
qo'llanilishi mumkin bo'lgan jinoyatlar uchun ham muayyan jazo turi yoki turlari ko'zda tutilgan. Agar sodir etilgan 
qilmish uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi normasida sanksiya, ya'ni muayyan jazo 
(
turi nazarda tutilmagan 
bo'lsa, u jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, Jinoyat kodeksining 223-moddasi, 3-qismida: «O'zbekiston Res-publikasining 
Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada 
rasmiylashtirmasdan O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar 
javobgarlikdan ozod qilinadilar», deyiladi. Jinoyat kodeksining 211-moddasi, 4-qismida: 
«Basharti, shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir 
etilgandan keyin bu haqda o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam 
bergan bo'lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi», deyiladi. Bu keltirilgan ikki normaning birinchisida shaxsning 
qonunga xilof ravishda chet elga chiqishi yoki respublikamizga kirishi jinoyatining tarkibi, ikkinchisida esa pora berish 
jinoyatining belgilari mavjud. Ammo qonunda belgilangan asoslar bo'lgani uchun bunday qilmishlari uchun shaxsga 
jazo qo'lanilishi nazarda tutilmagan. Shunga ko'ra, bunday shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Demak, jazoga sazovorlik jinoyatning belgisi sifatida jinoyat qonuniga xilof qilmish uchun jazo mavjudligini 
hamda jinoyat va jazo tushunchalari bir-biri bilan doimo o'zaro aloqadorlikda ekanligini bildiradi. 
Jazoga sazovorlik 

Jinoyat kodeksiga tegishli moddalari dispozitsiyasida ko'rsatilgan belgilarning mavjudligi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir 
etan shaxsga nisbatan jinoiy jazo qo'llash lozimligini ko'rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, jinoyat belgilari qilmishning jinoiyligini belgilovchi asosiy mezon bo'lib, jinoyatning moddiy 
(tashqi) belgisi — «ijtimoiy xavflilik» bo'lsa, jinoyatning formal belgisi — «huquqqa xiloflilik», deb hisoblanadi, 
shuningdek, jinoyatning «aybning mavjudligi» va «jazoga sazovorlik» belgilari huquqqa xiloflilik belgisidan kelib 
chiqadi. 
Demak, yuqorida sanab o'tilgan to'rt belgining barchasi qil-mishda bir vaqtning o'zida mavjud bo'lsagina, 
qilmish jinoyat, deb topiladi va, aksincha, ana shu belgilardan bittasi bo'lmasa, qilmish jinoyat, deb hisoblanmaydi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish