O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
4.4. Jinoyat tarkibining turlari 
Yuridik adabiyotlarda jinoyat tarkibini tasniflashga oid olimlarning turli xil qarashlari mavjud. Ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etilganida amalga oshirish natijasida turli darajadagi og'ir oqibatlar kelib chiqadi. Bundan tashqari, jinoyat 
sodir etayotgan shaxslarning ijtimoiy xavflilik darajasi ham bir xil emas. Shuni hisobga olgan holda jinoyat qonuni 
tomonidan bir xil turdagi jinoyatlarga nisbatan bir-biridan ijtimoiy xavflilik darajasi bilan ajralib turadigan alohida 
jinoyat tarkibi shakllantirilgan. 
Ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra: 
l. Asosiy (oddiy) tarkibli; 
2. Og'irlashtiruvchi tarkibli; 
3. Yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlarga ajratish mumkin. 
Oddiy tarkibli jinoyatlarda sodir etilayotgan jinoyatning har biri uchun xos bo'lgan belgilar ko'rsatilmay, 
jinoyatning nomi aytiladi xolos. Masalan, o'g'rilik (169-modda) o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj 


29 
qilish. Har safar o'g'rilik jinoyati sodir etilganida, albatta, o'zganing mulki yashirin ravishda talon-taroj etilganligi 
belgisi aniqlanishi lozim. 
Asosiy tarkibga nisbatan og'irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi hollar qo'shimcha belgilarga bo'lib, uning 
ijtimoiy xavflilik darajasini, katta va kichiklikni ifodalaydi. Masalan, o'g'rilik o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir 
etilganda bu og'irlashtiruvchi holdagi tarkib (169-moddaning 4-qismi); kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan 
odam o'ldirish (98-modda); onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishi (99-modda); zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqib, odam o'ldirish (100-modda); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari 
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirish (101-modda); jinoyatning bu tarkiblari qasddan odam o'ldirishning 
(97-modda) asosiy tarkibiga nisbatan yengillashtiruvchi tarkib hisoblanadi. Chunki bu jinoyat tarkiblarida Jinoyat 
kodeksining 97-moddasi, 1-qismi ko'zda tutilgan asosiy tarkibga nisbatan jinoyatning bu turini sodir etganlik uchun 
yengillashtiruvchi holatning belgilari mavjud. 
Odatda, jinoyat-huquqiy normalarning birinchi qismida sodir etilgan jinoyatning asosiy tarkiblari uchun 
javobgarlik, keyingi qismlarida esa jinoyatni og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun javobgarlik ko'zda tutiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish