|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markaziBog'liq 67. Жиноят хукуки умумий кисмBirinchi jihatdagi ahamiyati —
bu belgilar qonun chiqaruvchi organ tomonidan o'sha normaning asosiy tarkibi doirasiga
kiritilib, «Maxsus» qism moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan belgilar (masalan, 205,206-moddalar — faqat
mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinishi) shu moddalarning dispozitsiyasida ko'rsatiladi. 192-moddada esa,
raqobatchining ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg'on ma'lumotlarni tarqatish uchun
javobgarlik nazarda tutilib, bu «maqsad» subyektiv tomonining belgisi sifatida shu moddaning dispozitsiyasida
ko'rsatilgan.
Ikkinchi jihatdan ahamiyati shundan iboratki, bu belgilar jinoyat tarkibi doirasida jazoni og'irlashtiruvchi yoki
yengillash-liruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. «Maxsus» qismning deyarli ko'pchilik moddalarida o'sha jinoyatning
og'irlashtiruvchi turlari sifatida nazarda tutilib, og'irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi belgilar ko'rsatilgan.
Uchinchi jihatdan ahamiyati shundaki, bu belgilar jinoyat tarkibi doirasiga kirmaydigan va qilmishni
kvalifikatsiya qilishga lifsir qilmaydigan belgilar bo'lib, bular qo'shimcha belgilar bo'lishi mumkin. Ammo qonunda bu
belgilarga befarq qaralmay sud tomonidan jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlar hisoblanadi.
Bunday holatlar Jinoyat kodeksining 55 va 56-moddalarida nazarda tutilgan bo'lib, 55-moddada sud tomonidan
jazoni yengiUashtiruvchi holat hisobga olinishi mumkin bo'lgan belgilar-ning eng asosiylari nazarda tutilgan. 56-
moddada esa, jazoni og'irlashtiruvchi holat, deb hisobga olinadigan belgilarning qat'iy ro'yxati berilgan. Ushbu belgilar
qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga (ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiruvchi yoki oshi-ruvchi) ta'sir qiladigan
bo'lsa, sud jazo tayinlashda hisobga olishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengiUashtiruvchi holatlarning ro'yxati qat'iy
boimay, ushbu ro'yxatda ko'rsatilmagan, ammo jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasining kamayishiga ta'sir qiluvchi
boshqa holatlarni ham yengiUashtiruvchi holat deb hisobga olish mumkin.
Jinoyat kodeksining 56-moddasida jazoni og'irlashtiruvchi holatlarning qat'iy ro'yxati berilgan bo'lib, sud jazo
tayinlashda shu moddada ko'rsatilgandan boshqa holatlarni og'irlashtiruvchi holat, deb hisobga olish mumkin emas.
|
| |