O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

5.2. Jinoyat obyektining turlari
Jinoyat huquqida jinoyatning obyekti uch turga bo'lib, o'rganilgan. Bular: 
a) jinoyatlarning umumiy obyekti; 
b) jinoyatlarning maxsus obyekti; d) jinoyatning bevosita obyekti. 
Jinoyatlarning umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ya'ni boshqacha 
qilib aytganda, Jinoyat kodeksining barcha moddalari yig'indisi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir. 
Jinoyat kodeksining barcha moddalari yig'indisi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning 
umumiy obyektini tashkil qilar ekan, ana shu jinoyatlarni muayyan tizimda tasniflab joylashtirish uchun umumiy obyekt 
tarkibiga kiravchi barcha jinoyatlarning obyekti jihatidan bir-biriga o'xshashlari ajratib olinadi va muayyan guruhdagi 
jinoyatlar tarkibiga kiritiladi. Bunda obyekti jihatidan bir-biriga yaqin bo'lgan jinoyatlar gurahini maxsus obyektli 
jinoyatlar, deb topiladi. 
Maxsus obyekt — 
jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan, o'zaro bir-biri bilan bog'liq va o'xshash bo'lgan ijtimoiy 
munosabatlar bo'lib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismidagi barcha jinoyatlarning obyekti jihatidan o'xshashlari 
ajratib olinib, so'ng muayyan guruhdagi jinoyatlar turkumiga kiritiladi. 
Maxsus obyektli jinoyatlardan alohida ijtimoiy munosabatlar, ya'ni «Maxsus» qismning alohida moddasi bilan 
qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar ajratib olinadi va buni jinoyat huquqida bevosita obyekt, deb aytiladi. 
Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining bir qancha moddalarida ikki obyektli jinoyatlar uchun javobgarlik 
belgilanib, bunda o'sha jinoyatni «Maxsus» qismning u yoki bu bobiga kiritishda (masalan, bosqinchilik, mansabdorlik 
jinoyatlari va hokazolar). Bunday ikki obyektli jinoyatlarni Jinoyat kodeksining qaysi bo'limi yoki bobiga kiritish 
kerakligi masalasi ushbu jinoyat tarkibida qaysi obyekt asosiy va qaysi bid qo'shimcha obyekt ekanligiga qaraladi. 
Masalan, bosqinchilikjinoyati tufayli ham shaxsning sog'lig'iga, ham mulkka Lajovuz qilinadi. Qonun chiqaruvchi organ 
bu jinoyatni mulkiy jinoyatlar bobiga kiritgan. Bosqinchilikda kishining sog'lig'i mulkka nisbatan muhim bo'lsa-da, 
subyekt birinchi navbatda o'zganing mulkini g'ayriqonuniy ravishda egallash maqsadida hujum qiladi. Ammo mulkni 
egallash uchun mulk egasining qarshiligini sindirish kerak bo'ladi. Jinoyatchining asl maqsadi mulkni egallashga 
qaratilgan. Shuning uchun qonun chiqaruvchi organ bosqinchilikni^ shaxsga qarshi jinoyatlar guruhiga emas, balki 
mulkka qarshi jinoyatlar bobiga kiritgan. 
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, aytishimiz mumkinki, «Maxsus» qismning moddalarida nazarda 
tutilgan jinoyatlarni tasniflashning mezoni sifatida maxsus va bevosita obyektlarning ahamiyatiga qarab hal qilingan. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish