• Jinoyat obyektining tasniflanishi
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

    Jinoyat predmeti 
    Jinoyat predmeti jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyektli ing ijtimoiy xavfli harakat to'g'ridan to'g'ri ta'sir 
    qiladigan olementidir. 
    Jinoyatning obyekti va predmeti aynan bir xil bo'lmaydi. Biroq, shuni hisobga olish kerakki, predmet har doim 
    ham jinoyatning doimiy belgisi bo'lib hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida shunday jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik 
    ko'zda tutilganki, ularning predmetini ko'rsatish qiyin, chunki predmet deyilganda moddiy (ko'z bilan ko'riladigan, 
    o'lchovi, sifati va o'ziga xos belgilariga ega bo'lgan) narsani tushunamiz. 
    Jinoyat predmetini to'g'ri aniqlash jinoyatni tasniflashda, uni boshqa o'xshash jinoyat tarkibining belgilardan 
    ajratish, jazoni og'irlashtiravchi holatlarda mavjudligini aniqlash va kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. 
    Jinoyat obyektining tasniflanishi 
    Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti: umumiy, maxsus, bevosita obyektlarga ajratiladi. 
    Umumiy obyekt 
    deyilganda, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan barcha ijtimoiy 
    munosabatlarning yig'indisi tushuniladi. 
    Jinoyat kodeksining 2-moddasida muhofaza obyektlari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va 
    davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi ko'rsatilgan bo'lib, ularning hammasi birgalikda 
    umumiy obyekt hisoblanadi. 
    Jinoyatning umumiy obyekti tushunchasi jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mohiyatini ochib beradi. Umumiy obyekt 
    barcha jinoyatlar uchun bitta, zero, har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatga zarar yetkazib, Jinoyat kodeksi 
    bilan qo'riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga ham ziyon yetkazadi, shuning uchun ijtimoiy munosabatlarning 
    bir guruhiga emas, balki barchasiga ta'sir etadi. 
    Maxsus obyekt 
    jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga ko'ra bir-biriga 
    o'xshash yoki yaqin bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni o'z ichiga oladigan obyektlar guruhidir. 
    Maxsus obyekt jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan umumiy obyektga kiruvchi bir-biriga yaqin yoki o'xshash ijtimoiy 
    munosabatlarni o'z ichiga oladi. Bu ijtimoiy munosabatlar guruhiga obyektlarni erkin va pala-partish ravishda 
    kiritmasdan, ularning o'xshashligi (bir turdagiligi)ga qarab ajratiladi. 


    33 
    Maxsus obyekt Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismidagi jinoyat huquqiy normalarni klassifikatsiya qilish 
    asosida aniqlashadi. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi xuddi shu tartibda, ya'ni maxsus obyektni hisobga olgan 
    holda tuzilgan. 
    Maxsus obyektni to'g'ri aniqlash ijtimoiy xavfli harakatning xususiyati va ahamiyatini, uning qo'riqlanayotgan 
    ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o'rnini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, obyekt jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
    darajasini va xususiyatini aniqlashga yordam beradi. 
    Jinoyat huquqi «Maxsus» qismi tizimida boblarning joylashuv tartibi, awalo, jinoyat obyektining ahamiyati va 
    jamiyat uchun bo'lgan qimmatiga bog'liq qonun chiqaruvchi organ tomonidan «Maxsus» qism boblarining ma'lum 
    tartibda, qonun bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati jihatidan joylashtirilishi bu munosabatlarni 
    qo'riqlashning muhimligini ta'kidlaydi. 
    Jinoyat qonunining rivojlanish tarixida birinchi marta 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat 
    kodeksining «Maxsus» qismi tizimida insonning hayoti, sha'ni, qadr-qimmati va hokazolarni qo'riqlashga ustuvor 
    ahamiyat berildi, ya'ni fuqarolaming Konstitutsiyaviy huquq va erkinligi, hayoti, sog'lig'i, sha'ni va qadr-qimmati 
    birinchi o'ringa qo'yilgan. Jinoyat kodeksining 1-bo'limi «Shaxsga qarshi jinoyatlar», deb ataladi. 
    «Maxsus» qismda ikkinchi o'rinda tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar va uchinchi o'rinda iqtisodiyot 
    sohasidagi jinoyatlar va boshqa guruhdagi jinoyatlar muayyan ketma-ketlik asosida joylashtirilgan. 
    Bevosita obyekt, 
    deyilganida, ijtimoiy xavfli tajovuz bevosita qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Aynan 
    jinoyatning bevosita obyektini to'g'ri aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etib, jinoyatga 
    yarashajazo tayinlashda muhim o'rin tutadi. 
    Jinoyat sodir etilayotganida birdaniga bir necha bevosita obyektlarga zarar yetkazilishi mumkin. Ayrim hollarda 
    bu jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta'sir etsa, boshqa hollarda ta'sir etmaydi, ammo jazo tayinlanishida hisobga olinishi 
    lozim. Masalan, bosqinchilik (Jinoyat kodeksining 164-moddasi) ikki obyektli jinoyat hisoblanadi. Bosqinchilik sodir 
    etishda aybdor shaxs o'zgalar mulkiga tajovuz qilish bilan birga jabrlanuvchining sog'lig'iga ziyon yetkazadi. Bir jinoyat 
    sodir etilganida, bir necha obyektga zarar yetkazilgan bo'lsa, obyektlar ichidan yetkazilgan zararning muhimligi Jinoyat 
    kodeksining «Maxsus» qismida aniqlanadi va u bevosita obyekt hisoblanadi. 
    Jinoyatning bevosita obyektini jinoyat huquqi nazariyasida uch turga boiib o'rganiladi: 
    1) asosiy bevosita obyekt; 
    2) qo'shimcha bevosita obyekt; 
    3) fakultativ bevosita obyekt. 
    Agar jinoyatning bevosita obyekti bitta emas, balki bir nechta bo'lsa, ulardan biri asosiy obyekt hisoblanadi. 
    Chunonchi, bezorilikning asosiy obyekti jamoat tartibi, bosqinchilik jinoyatida mulk, yolg'on xabar berish jinoyatida 
    odil sudlov organlarining to'g'ri ishlash faoliyatidir. Mana shu asosiy obyekt konkret jinoyatni Jinoyat kodeksining 
    tegishli bobiga kiritish uchun asos bo'ladi. 
    Ikki obyektli jinoyatlarda zarar asosiy obyektdan tashqari boshqa obyektga ham yetkazilib, u qo'shimcha obyekt 
    hisoblanadi. Qo'shimcha obyekt murakkab tarkibli jinoyatlarda bo'lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim 
    ahamiyatga egadir. 
    Jinoyat huquqi nazariyasida yana fakultativ obyekt degan tushuncha ham bor. Bu shunday ijtimoiy 
    munosabatdirki, jinoyat sodir etilganda ma'lum zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Masalan, bezorilik 
    (277-modda) sodir etilganda, aybdor tomonidan shaxsning sog'lig'iga zarar yetkazilishi yoki yetkazilmasligi ham 
    mumkin. Shuning uchun fakultativ obyekt shunday obyektki, shu obyektsiz qilmish muayyan jinoyat tarkibini tashkil 
    etmasligi ham mumkin. 
    Ayrim hollarda jinoyatning bevosita obyekti jinoyat huquqiy normada to'g'ridan to'g'ri ko'rsatiladi. Jinoyat 
    kodeksining 157-mod-dasi «Davlatga xoinlik qilish» deb atalgan. Bu moddada yozilishicha: «Davlatga xoinlik qilish, 
    ya'ni O'zbekiston Respublikasi fuqarosining O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, 
    mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetkazish» yoki Jinoyat kodeksining 158-moddasida «O'zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish» uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo'lib, bu jinoyatlarda bevosita 
    obyekt to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan bo'lib, bular O'zbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, 
    iqtisodiyoti va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotidir. 
    Ko'p hollarda jinoyat-huquqiy normada bevosita obyekt to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilmaydi. Shuning uchun 
    moddalar joyla-shuviga qarab, jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mohiyati va yuridik tahlili asosida Jinoyat kodeksining 
    «Maxsus» qismida ko'zda tutilgan jinoiy javobgarlikni belgilovchi norma aniqlanadi. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish