Jinoyat sodir etish vaqti, joyi, holati, uslubi, qurol va vositalari




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
6.6. Jinoyat sodir etish vaqti, joyi, holati, uslubi, qurol va vositalari 
 


40 
 
Agar qonun chiqaruvchi qonunning tegishli moddasida jinoyat tarkibida fakultativ belgilardan aqalli bittasini 
ko'rsatsa, u holda bu belgi jinoyatning zaruriy belgisi bo'lib qoladi. Muayyan qilmishning sodir etilishida bu belgining 
yo'qligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining yo'qligini anglatadi. 
Jinoyatning obyektiv tomonini to'liq tavsif etish uchun jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usuli, vaziyat va 
qo'llanilgan vositalar kabi jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilarini ко'rib chiqish kerak. 
Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilari muayyan jinoyat tarkibining zaruriy va zaruriy bo'lmagan belgilari 
bo'lishi mumkin. Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgisi qonunda ko'r-satilganida, shunday belgisiz sodir etilgan 
qilmish uchun shaxsni javobgarlikka tortish mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun fakultativ belgilarning yuridik 
ahamiyati shundaki, ular jinoyat obyektiv tomonining zaruriy yoki zaruriy bo'lmagan belgisi hisoblanadi. Zaruriy yoki 
fakultativ belgilar ayrim hollarda jinoyatning zaruriy belgilari hisoblansa, boshqa hollarda sodir etilgan jinoyat uchun 
javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat bo'lib, jinoyatning kvalifikat-siyasiga ta'sir etmaydi. 
Fakultativ belgi jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanmaganida jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir etmasa-da, 
jazo tayinlanishida javobgarlikni og'irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin va 
lozim. Fakultativ belgilar ichida usul va vosita qilmishning vujudga kelishiga bevosita bog'liq. Bu ikki belgi qilmishning 
bevosita xususiyatini anglatadi. Jinoyat sodir etilgan joy, vaqt va sharoit jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatlarga jinoiy tajovuz amalga oshiriladigan sharoitlar sifatida namoyon bo'ladi. 
Jinoyatning sodir etish usuli 
ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomonining fakultativ belgilaridan biridir. 
Jinoyatni sodir etish usuli uning qanday sodir etilganligi, uning tartibi, uslubini ko'rsatadi. Jinoyatni sodir etish usuli 
qonunda muayyan jinoyatning javobgarlikni og'irlashtiruvchi (kvalifikatsiyalovchi) belgisi sifatida ko'rsatilishi mumkin. 
Jinoyat sodir etilishining usuli ko'p hollarda uning zaruriy belgisi sifatida muayyan jinoyat huquqiy normada 
to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilishi mumkin (masalan, o'zini o'zi o'ldirish darajasiga yetkazish (Jinoyat kodeksining 103-
moddasi) uchun javobgarlik faqat moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo'lmagan shaxsga 
rahmsiz muomala qilish yoxud uning sha'n va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yo'li bilan amalga 
oshirilganda; bosqinchilik (Jinoyat kodeksining 164-moddasi), ya'ni o'zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida 
hujum qilib, tovlamachilik (Jinoyat kodeksining 165-moddasi), ya'ni jabr-lanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik 
ishlatish yoki jabrlanuvchi yoxud uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki nobud qilish 
yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish yo'li bilan qo'rqitib, o'zgadan mulkni 
yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab 
qilish yoki jabrlanuvchini o'z mulki yoxud mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish 
yo'li bilan amalga oshirish; talonchilik (Jinoyat kodeksining 168-moddasi), ya'ni o'zganing mulkini ochiqdan ochiq 
talon-taroj qilish va boshqalar. Bu mulkka qarshi jinoyat tarkiblarida jinoyat sodir etish usullari universal belgi 
hisoblanib, talon-taroj qilishning bir shaklidan ikkinchisini farqlash imkonini beradi. 
Ayrim hollarda jinoyatni sodir etish usuli jazoni og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi (masalan, Jinoyat 
kodeksining 97-moddasi) qasddan odam o'ldirish quyidagi hollarda javobgarlikni og'irlashtiruvchi holatda sodir etilgan 
hisoblanadi: a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo'lgan usulda; b) o'ta shafqatsizlik bilan odam o'ldirish; 
tuhmat, nashr qilish yoki boshqacha ko'paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali sodir etilsa (Jinoyat 
kodeksining 139-moddasi, 2-qismi), zo'rlik ishlatib ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi), 
jismoniy azob berish yo'li bilan sodir etilsa va boshqalar. 
Jinoyat sodir etish usuli muayyan jinoyatning zaruriy yoki kvalifikatsion belgisi bo'lsa va u noto'g'ri 
aniqlanganida hukmni o'zgartirish uchun asos bo'ladi. 
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilaridan yana biri -jinoyat sodir etish vositasi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Jinoyat sodir etish vaqti, joyi, holati, uslubi, qurol va vositalari

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish